Investitsiya shartnomalari

Investitsiya shartnomalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Investitsiya shartnomalari - rasmi

Material tavsifi

Investitsiya shartnomalari Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi 180-son qaroriga asosan Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibi to'g'risida nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga Vazirlar Mahkamasining 07.07.2006 y. 133-son qaroriga muvofiq o'zgartirishlar kiritilgan. Ushbu Nizom CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo'shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berishda ular bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish tartibini belgilaydi. CHet ellik investorlar bilan ularning qo'shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish bilan bog'liq bo'lmagan investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo'naltirilgan shartnomalarni tuzish va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Nizomga muvofiq chet ellik investorlarga quyidagi kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar): -barqaror iqtisodiy o'sishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy o'zgartirishlarni ta'minlovchi ustuvor tarmoqlarni; -Respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyotini mustahkamlash va kengaytirishni, Respublikani jahon xo'jalik aloqalariga integratsiyalashni ta'minlovchi ustuvor loyihalarni amalga oshirilishi; - xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishga, aholini ish bilan ta'minlashga yo'naltirilgan kichik tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning har bir aniq holatida beriladi. Bunda soliqlar, bojxona to'lovlari va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qo'shimcha imtiyozlar xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va muddatsiz tusda bo'lishi mumkin emas. Qo'shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) beriladigan chet ellik investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash maqsadida investor bilan investitsiya shartnomasi tuziladi. Investitsiya shartnomasi investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya faoliyati obyektlariga nisbatan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi. Investitsiya shartnomasi O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi orqali O'zbekiston Respublikasi Hukumati hamda chet ellik investor (investorlar) o'rtasida tuziladi. Investitsiya shartnomasi O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo'shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi. Bunday kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) O'zbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari berishni, maxsus bojxona, soliq va to'lov rejimi yaratishni, loyihalarni amalga oshirish davlat monitoringini yuritishni, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga ko'maklashishni, investitsiya dasturiga kiritishni yoki O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni o'z ichiga olishi mumkin. Investitsiya shartnomasida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: -investitsiyalar obyekti va hajmi; -investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari; -investorning, shu jumladan investitsiyalash hajmi, ishlab chiqarishning muayyan hajmini ta'minlash, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sifatining kafolatlangan darajasi, o'zi ishlab chiqargan tovarlar eksporti va ko'rsatadigan xizmatlari hajmi, O'zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida jalb etiladigan kreditlarning qaytarilishini ta'minlash, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.86 KB
Ko'rishlar soni 245 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.86 KB
Ko'rishlar soni 245 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga