Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. Investisiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investisiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko'plab mutanosibliklar uning o'sish suratiga bog'liq bo'ladi. Investisiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish obyektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog'liq sarflarni bildiradi. Investisiyalar - asosiy va aylanma kapitalni ko'paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo'yilmadir. U pul mablag'lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog'ozlar ko'rinishida amalga oshiriladi. Investisiyalarni ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy harakatlar - investision faoliyat, investisiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi. Investisiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: - investorlarning o'z moliyaviy resurslari (foyda, amortizasiya ajratmalari, pul jamg'armalari va h.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag'lar (obligasiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag'lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag'lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari); - byudjetdan investisiyalarni moliyalashtirish. 200 yilda O'zbekistonda investision qo'yilmalarning 26,4% korxonalarning o'z moliyaviy mablag'lari hisobiga, 30,3% byudjet mablag'lari hisobiga amalga oshirilgan1. Investisiyalarning manbalaridan biri aholi keng qatlamlari (ishchilar, o'qituvchilar, vrachlar va boshqalar) jamg'armasi hisoblanadi. Muammo shundan iboratki, jamg'arma xo'jalik yurituvchi bir guruh tomonidan amalga oshiriladi, investisiyalar esa shaxslar yoki xo'jalik yurituvchi subyektlarning butunlay boshqa guruhi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O'z-o'zidan aniqki, investisiyalar manbai bo'lib iqtisodiyotda faoliyat qiluvchi sanoat, qishloq xo'jalik va boshqa korxonalar foydasi ham hisoblanadi. Bu yerda jamg'aruvchi va investor bir-biriga to'g'ri keladi. O'zbekistonda kapital quyilmalarda nodavlat sektorining ulushi 1991 yildagi 24 %dan, 200 yil 34,7% ga etgan. Investisiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) Tadbirkorlar investisiyalarga sarflardan olish ko'zda tutilgan, kutilayotgan sof foyda normasi va 2) foiz stavkasi. I. Investisiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo'lsa, sotib oladi. Investisiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi bu - real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo'lgan band qilingan pul kapitaliga korxona to'lash zarur bo'lgan pul miqdori hisoblanadi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi (10 %) foiz stavkasi (7 %)dan ortiq bo'lsa investisiyani amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Aksincha foiz stavkasi (aytalik, 12%) kutilayotgan sof foyda normasidan (10%) ortiq bo'lsa, investisiyalash samarasiz hisoblanadi. Investisiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta'sir ko'rsatadi. 1. Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko'rsatish xarajatlari. 2. Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori. 3. Texnologik o'zgarishlar. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.03 KB
Ko'rishlar soni
319 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: doc