Investitsiyaviy loyihalar samaradorligi ko'rsatkichlari, ularni aniqlash, baholash va samaradorligini oshirish yo'llari Investitsiya faoliyati alohida tarkibiy qismlardan iborat bo'lib, investitsiya strategiyasini aniqlash, strategik rejalashtirish, investitsiyaviy loyihalashtirish, loihalarni tahlil qilish hamda investitsiyani samarasini aniqlash kabilardan iborat bo'ladi. Korxona misolida investitsiya strategiyasini aniqlash - bu kelajak davrga korxonalarni asosiy faoliyatlarini rivojlantirish yo'llarini aniqlash, shu jumladan o'z mablag'lari hisobidan va boshqa investorlar hisobidan xarajatlarni qoplanish miqdorini aniqlash. Korxona aktivlarini hajmini va rentabelligini prognoz qilish. Strategik rejada aktivlarga bo'lgan ehtiyoj va uni ta'minlash resurslari uzoq muddatga aniqlanadi. Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo'lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o'zaro aloqalarini bog'laydi hamda tushintiradi. Qisqa qilib aytganda investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi. Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko'rsatkichlarini aniqlashni anglatadi. Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo'yilmalarga bo'lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli Investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo'yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi. Jamiyat miqyosida kapital qo'yilmalar samaradorligi koeffitsiyenti (Ks) milliy daromadning o'sish miqdorini (MD) kapital qo'yilmalar summasiga (Kk) nisbatan aniqlanadi. Yani: MD Ks= -- Kk Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo'yilma) koeffitsiyenti (Kk.s) quyidagicha hisoblanadi. Mk-T F Kk.s= -- yoki -- K K Bu yerda: Mk - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati; T - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxi; F - yillik foydaning miqdori. Ko'p variantli kapital qo'yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har bir variantdagi xarajatlarni minimumga keltirish yo'li bilan aniqlanadi. Yani: Ti + Yen K min Bu yerda: Ti - i varinatdagi xarajatlar; Yen - kapital qo'yilmalar samaradorligi koeffitsiyenti; K - kapital qo'yilmalar summasi. Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo'ljallangan bo'lsa, bunday sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsiyentlar bo'yicha aniqlanadi. Yani: 1 V= -- t (1+Yenv) Bu yerda: Yenv - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi; t - mablag'larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo'lgan vaqt. Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o'zini qoplash muddati, xavf darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o'zigarishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo'yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Jahon amaliyotidan shu malumki pulni banklarda saqlash eng qulay hisoblanadi, chunki omonatchi undan protsent oladi. Pulni investitsiya qilish (ishlab chiqarishga qo'yish yoki qimmatbaho qog'ozlar sotib olish) investorga faqatgina unga bank tamonidan beriladigan protsentdan ko'proq daromad keltirsagina foydalikroq bo'ladi. Bu investorlar uchun birinchi qoida bo'lib hisoblanadi. Investorlarning ikkinchi qoidasi - investitsiya rentabelligi inflyatsiya darajasidan yuqori bo'lishi kerak. Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko'rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. Investitsiya loyihasini baholashda xarajatlar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.64 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.64 KB
Ko'rishlar soni
157 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: doc