Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne'matlari ishlab chiqarishni obyektiv zarur qilib qo'yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o'z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne'matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog'liq holda yuz beradi. «Iqtisodiyot» so'zi odatda ikki va hatto uch ma'noda ishlatiladi. B i r i n ch i d a n, iqtisodiyot - bu xo'jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne'matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta'minlash va yaxshilash tizimi. I k k i n ch i d a n, iqtisodiyot - bu resurslar va jamiyat a'zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo'jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. U ch i n ch i d a n, iqtisodiyot - bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, xo'jalik yuritish jarayonida odamlar o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui. «Iqtisodiyot» so'zining o'zagini «iqtisod» so'zi tashkil etadi. Iqtisod so'zining o'zbek tilidagi lug'aviy ma'nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir. Mashhur ma'rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta'rif beradi. «Iqtisod deb pul va mol kabi ne'matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o'rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o'rni kelganda so'mni ayamas». Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini to'laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o'zi ham tirikchilik o'tkazishga qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo'ladi, desak xato qilmaymiz. Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo'lsa, tirikchilik kechirish uchun ne'matlar shuncha ko'p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e'tibori qanday qilib hayot kechirish uchun zarur ne'matlarni ko'paytirish yo'llarini topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar o'z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yo'llarni topishgan va undan foydalanishni tavsiya etishgan. Ulardan ko'plarining nomi tarixda qolgan. O'z davrida shakllangan iqtisodiy qarashlar qadimgi qo'lyozmalarda aks etgan. Iqtisodiy qarashlarning fan sifatida shakllanishi dunyo sivilizatsiyasining «beshigi» deb tan olingan Qadimgi Misr, Sharq mutafakkirlari ta'limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi. Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari qadimgi Bobilda podsho Xammurapi qonunlari, Qadimgi Hindistonda (miloddan VI asr ilgari)gi Manu qonunlari, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Konfutsiy (miloddan avvalgi 551-479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diqqat qilsak, mehnat taqsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taqsimlanishiga asosiy e'tibor qaratilgan. Bu bejiz emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taqsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot taqsimoti jamiyat taraqqiyotida, aholining turmush darajasida asosiy rol o'ynagan. Keyinchalik, iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunoniston va Rimda yanada rivojlantiriladi, ma'lum ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.5 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.5 KB
Ko'rishlar soni
269 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: doc