Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi

Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi xalqaro mezonlar va demokratik talablarga to'liq javob beradigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo'limi (Jamiyat va shaxs), XII bobida (Jamiyatning iqtisodiy negizlari) gi 53-moddasida: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarining huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va haqiqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda to'tilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin» - deb belgilangan. Ushbu modda iqtisodiy munosabatlarning huquqiy kafolatlarini bayon etadi va barcha iqtisodiy islohotlar tizimiga asos bo'lib xizmat qiladi. Albatta, konstitutsiyamizning hamda halqimizning o'ziga xos xususiyatlari va ilg'or jahon tajribalarini uyg'unlikda mujassamlashtirilgan - dunyoda «o'zbek modeli» deb etirof etilgan iqtisodiy islohotlar modelining asosiy muallifi I.Karimov inson-islohot uchun emas, islohot inson uchun xizmat qilish kerak, deb takidlagan mezon muhim hisoblanadi. Islohotlarning «o'zbek modeli» nimalarga asoslanadi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan jamiyatni barpo etish; SSR parchalangandan keyingi O'zbekistonning haqiqiy holati; xalqning mentaliteti va tarixiy an'analarga islohotlarni amalga oshirishning u yoki bu suratlariga aholining tayyorlik darajasi; «Shok terapiyasi» dan voz kechish. Demak, islohotlardan asosiy maqsad - yurtimizning yanada rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o'zimizga munosib o'rin egallashdan iborat. XXI asr boshida O'zbekiston taraqqiyotining I.Karimov tomonida ishlab chiqilgan strategiyasida quyidagi muhim ustuvor yo'nalishlar mavjud. Bular: Iqtisodiyotning izchil o'sishi va samaradorligini oshirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining barqaror va o'zluksiz yaxshilanib borishini ta'minlash hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida etibor qaratish ko'zda to'tilgan. Bunda besh yil davomida ish haqining eng kam miqdorini 3,5 barovar oshirish va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadini 1,8-2,0 barovar ko'paytirish kerak bo'ladi. Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatdor va qarama-qarshi kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy sohani yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini chegaralash, xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlash, kichik va o'rta biznes rivojlanishiga har tomonlama ko'mak berish hamda bozor infrato'zilmasini keng rivojlantirish lozim. Shaxsiy manfaatlarni mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash asosida jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish lozim. Har qanday muammolarni amaliy yechishga qodir bo'lgan qadrlar salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk kelajagi bugungi zamonaviy fikr yuritadigan, o'z xalqi va Vatani manfaati g'oyalari adolatli avlod kelishiga bog'liq. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish maqsadlari quyidagilarda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.17 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.17 KB
Ko'rishlar soni 296 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga