Iqtisodiy jarayonlarda optimallashtirish usullarini qo'llash

Iqtisodiy jarayonlarda optimallashtirish usullarini qo'llash

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iqtisodiy jarayonlarda optimallashtirish usullarini qo'llash - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy jarayonlarda optimallashtirish usullarini qo'llash Reja: 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida modellashtirishning ahamiyati. 2. Model turlari. Iqtisodiy-matematik modellarning tasnifi. 3. Maxsus iqtisodiy-matematik usullar. 4. Optimal dasturlash usulining asosiy masalalari. 5. Optimal dasturlash usulini iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda qo'llanilishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishning o'ziga xos xususiyatlari: bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega; resurslarning chegaralan-ganligi va alternativ xarajatlar; ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasida raqobatning mavjudligi; iqtisodiy ko'rsatkichlarni istiqboldagi holatini oldindan ko'ra bilish; bozorda assimetrik axborotning mavjudligi. Asosiy iqtisodiy-matematik usullar: a) Matematik statistika usullari: - dispersion tahlil; - korrelyatsion tahlil; - regression tahlil; - omilli tahlil. b) Ekonometrik usullar: - iqtisodiy o'sish nazariyasi; - tarmoqlararo balans; - ishlab chiqarish funksiyasi; - talab va taklif tahlili. v) Optimal dasturlash usullari: - chiziqli dasturlash; - chiziqsiz dasturlash; - stoxastik dasturlash; - dinamik dasturlash. g) Bozor iqtisodiyo-tiga taalluqli usullar: - erkin raqobat; - ishlab chiqarish sikli modeli; - firmalarga taalluqli modellar. d) Iqtisodiy tizimni eksperimen-tal o'rganish usullari: - imitatsion; - ishbilarmonlik o'yinlari; - sssenariylarni o'tkazish. Model - tor manoda - o'rganilayotgan obyektning, jarayonning yoki hodisaning muhim xususiyatlarini, xossalarini aks ettiruvchi yordamchi obyekt; keng manoda - biror obyektni yoki obyektlar tizimining namunasidir. Modellashtirish usullari yordamida tuziladigan barcha modellarni 2 turga bo'lish mumkin: Moddiy modellar va ideal modellar. Moddiy modellar real obyektlarni tabiiy va sun'iy materiallar yordamida aks ettiradi: mel bilan doskada, karton bilan maket tuzish, qalam bilan formula yozish, metalldan aviamodel yasash. Ideal modellar odamni fikrlash jarayoni bilan chambarchas bog'langandir. Bunday modellar bilan operatsiyalar miyada amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda eng keng qo'llaniladigan modellardan biri - bu iqtisodiy-matematik modellardir. Matematik modellashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar, tengsizliklar, funksional, logik sxemalar orqali ifodalash deb tushuniladi. Matematik modellashtirish keng manoda o'z tabiatiga ko'ra turli, lekin o'xshash matematik bog'lanishlar bilan tasvirlanuvchi jarayonlar o'rganuvchi tekshirish va izlanishlar usulidir. Iqtisodiy-matematik modellar o'z o'rnida funksional va strukturali bo'lishi mumkin. Funksional modellar kirish va chiqish parametrlarini bog'lanish funksiyalarini aks ettiradilar. Strukturali modellar murakkabroq bo'lib, tizimni ichki strukturasini ifodalab, ichki aloqalarni aks ettiradi. Modellar statik va dinamik, chiziqli va chiziqsiz, determinatsion va stoxastik bo'lishi mumkin Statik modellarda iqtisodiy jarayonlar va ko'rsatkichlarning malum bir vaqtdagi holati o'rganiladi. Dinamik modellarda esa iqtisodiy ko'rsatkchilarning vaqt davomida qanday o'zgarishi kuzatiladi va ularga qaysi omillar ta'sir etishi o'rganiladi. Chiziqli modellarda maqsad mezoni chiziqli funksiya ko'rinishda bo'lad, uning ekstremal qiymatlari orasidagi munosabat chiziqli tenglamalar va tengsizliklar orqali ifodalanadi. Chiziqsiz modellarda - maqsad funksiyasi va yechimi orasidagi munosabatlar chiziqsiz ko'rinishda ifodalanadi. O'z navbatida chiziqsiz dasturlash quyidagi turlarga bo'linadi: Qavariq dasturlash - echilayotgan masala qavariq to'plamida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.7 KB
Ko'rishlar soni 343 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 31.7 KB
Ko'rishlar soni 343 marta
Ko'chirishlar soni 32 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga