O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI Toshkent DAVLAT IQTISODIYoT UNIVYeRSITYeTI «EKONOMYeTRIKA» kafedrasi R. X. Alimov Iqtisodiy-matematik usullar va modellar fanidan ma'ruza matni Toshkent-2012 1-MAVZU. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fanning ahamiyati Reja: 1. O'zbekiston milliy iqtisodiyotini modernizatsiyalashning asosiy yo'nalishlari va tamoyillari. 2. 2009-2012 yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi dastur va Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili Davlat dasturidan o'rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar. 3. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy-matematik modellashtirishning zarurligi va ahamiyati. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish suratlari 2008 yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi. Keyingi o'n yilda, yani 200 yilga nisbatan taqqoslaganda, 2010 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot qariyb 2 barobar, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 1,7 barobar oshdi. Iqtisodiyotda 2010 yili yuqori o'sish suratlari ta'minlanib, aholining real daromadlari 123,5 foizga oshdi, o'tgan yilda inflatsiya darajasi 2009 yildagi 7,4 foiz o'rniga 7,3 foizni tashkil qildi. Bu avvalambor qatiy, shu bilan birga, puxta o'ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko'rilgan samarali chora-tadbirlar natijasidir. Agar o'n yil oldin, yani 200 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoatning hissasi atigi 14,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2010 yilda bu ko'rsatkich 24 foizni, transport va aloqaning ulushi tegishli ravishda 7,7 va 12,4 foizni tashkil etdi, xizmatlar bo'yicha bu raqam 37 foizdan 49 foizga o'sdi. Qishloq xo'jaligining ulushi esa 30,1 foizdan 17,5 foizga tushdi. Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar: 2010 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi - bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so'zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror suratlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta'minlashdan iboratdir. Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta'minlashga yo'naltirilgan bunday va boshqa bir qator tadbirlar 2009-2012 yillarga mo'ljallangan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta'minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O'zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o'sish suratlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi. Inqirozga qarshi choralar dasturi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlari. Dasturda belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan: - Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish (avvalambor, eksportga yo'naltirilgan va mahalliylashtiriladigan korxonalar uchun) - Joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo'lishini qo'llab-quvvatlash va eksportni rag'batlantirish uchun qo'shimcha omillar yaratish - Qatiy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag'batlantirish hisobidan korxonalarni ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:39 ]
Arxiv ichida: docx