Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari

Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o'rtasida mutanosiblik bo'lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy mutanosiblik - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o'rtasida miqdor va sifat jihatdan malum moslik bo'lishidir. Bunda tenglik bo'lishi shart emas. Ular mos keluvchi (2:3, 5:3, 3:1) nisbatlarida bo'lishi mumkin. Makroiqtisodiy jarayon g'oyat murakkab va ko'p qirrali bo'lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko'p va xilma-xil. Ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin. Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: istemol fondi va jamg'arish fondi o'rtasidagi: iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o'rtasidagi: aholining daromadlari bilan xarajatlar o'rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko'rsatish mumkin. 2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta'minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o'rin tutadi. Mamlakat xalq xo'jaligi juda ko'p tarmoq va sohalardan iborat bo'lib, ularning rivojlanishi bir-biriga taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda istemol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o'z iste'molchisini topadi. Masalan, qishloq xo'jalik mahsulotlarning ko'pchilik qismi paxta, g'alla, pilla, sut va h.k. sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste'molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O'z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari qishloq xo'jaligi, qurilish va h. k.da unumli istemol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog'liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo'jaligi va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlari o'rtasidagi mutanosibliklar misol bo'ladi. 3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta'minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va istemol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo'jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o'rtasidagi mutanosibliklar va h. k. Shu bilan birga takidlab o'tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo'linmalar o'rtasida ham bog'liqlik bo'lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go'sht ishlab chiqarish sohalari o'rtasida va boshqalar 4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o'rtasidagi bog'liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o'rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to'liq namoyon bo'lmaydi. Lekin alohida hududiy bo'linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar) ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog'liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperasiyasi va kommunikasiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog'liqlikning ahamiyati yaqqol ko'rinadi. 5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko'pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog'langan, ikkinchidan, shu bog'liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o'z istemolining bir qismini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 869 marta
Ko'chirishlar soni 120 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.55 KB
Ko'rishlar soni 869 marta
Ko'chirishlar soni 120 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga