Iqtisodiy o'sish tushunchasi

Iqtisodiy o'sish tushunchasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iqtisodiy o'sish tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy o'sish Reja : Iqtisodiy o'sish tushunchasi va o'lchanishi. Iqtisodiy o'sish omillari va tiplari Iqtisodiy o'sishning keynscha modellari. R.Solouning neoklassik modeli. YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni tahlil kilar ekanmiz qisqa davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To'lik bandlilik darajasiga erishilgandan so'ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko'paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o'ngga siljishiga erishishimiz, ya'ni foydalanilayotgan resurslar miqdorini ko'paytirishimiz zarur. Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko'prok yalpi talab bilan belgilansa , uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko'prok ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iqtisodiy o'sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi* iqtisodiy o'sish to'lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko'payishi tendentsiyasini anglatadi. iqtisodiy o'sish jami taklifning o'sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. iqtisodiy o'sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o'sishi, shuningdek, jon boshiga to'gri keladigan real daromadlarning o'sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iqtisodiy o'sish ikki xil usul bilan o'lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o'sish real YAIM ni o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda iqtisodiy o'sish aholi jon boshiga to'gri keladigan real YAIM ning o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi sifatida aniklanadi. iqtisodiy o'sish nazariyasi va modellarida YAIM o'rniga SIM, YAMD, SMD ko'rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. iqtisodiy nazariyada iktismodiy o'sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste'mol va investitsiyalarga bo'linishiga bog'liq deb karaladi. . Iste'mol xajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o'zgarishi resurs imkoniyatlarining o'sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste'mol va investitsiya o'rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste'mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o'sish imkoniyatlarini qisqartiradi. iqtisodiy o'sish real kattaliklarda, kiyosiy baholarda o'lchanadi Xar bir mamlakat iqtisodiy o'sishga intiladi, chunki iqtisodiy o'sish, birinchidan, milliy mahsulot xajmi va daromadning ko'payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo'lishiga, to'rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro'sining oshishiga olib keladi. 14.2. iqtisodiy o'sishga omillari va tiplari Real ishlab chiqarish xajmlarining uzoq muddatli o'sishi sur'atlarini, ko'lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o'sish omillari deyiladi. iqtisodiy o'sish omillari ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh omillari ixtisodiy o'sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta'minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi: tabiiy resurslar soni va sifati; mehnat resurslari soni va sifati; asosiy kapital xajmi; texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish; jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o'sish potentsialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar - talab va taqsimot ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.87 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.87 KB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga