Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi. har qanday jamiyatda iqtisodiy hodisa va jarayonlar iqtisodiy qonunlar, bilan boshqarilsada, lekin ular alohida olingan bir iqtisodiy hodisada namoyon bo'lmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning o'zaro ta'sirida ko'rinadi, doimiy takrorlanib turadigan hukmron tamoyillar tarzida namoyon bo'ladi. Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o'rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o'zaro bog'liqligini ifodalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqeylikning umumlashgan nazariy ifodasi bo'lib, u obekiv reallikni ilmiy bilish natijasidir, yani uning inson ongidagi, inikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektiv xarakterga ega bo'lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish irodasiga bog'liq emas. Malum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shart-sharoitga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, balki aynan ularning faoliyati, xatti -harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo'ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarnig xarakterini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan foydalanishlari lozim bo'ladi. Masalan, odamlar vaqtni tejash qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilib, shunga binoan faoliyat qilsa ish vaqti va boshqa cheklangan resurslar sarfini tejash bilan birga o'z faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid har qanday qaror va xatti-harakatlar kishilarning hoxish irodasidan qatiy nazar muqarrar ravishda xo'jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgar-chiligiga olib keladi. Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlarga o'xshab, uni bilib, o'z faoliyatida foydalanilsa insoniyatga katta foyda keltiradi, agar uning mavjudligini tan-olmasdan, talablarini bilmasdan yoki mensimasdan ko'r-ko'rona xatti-harakat qilinsa bu - katta salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Lekin iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari bilan tamomila bir xil emas. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo'lib, tarixiydir va o'zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog'liq bo'lib kishilik jamiyati mavjud bo'lganda paydo bo'ladi va amal qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi: 1. Umumiy iqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o'sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteri va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar; 2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining malum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.45 KB
Ko'rishlar soni
393 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.45 KB
Ko'rishlar soni
393 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:39 ]
Arxiv ichida: doc