Iqtisodiy subyektlar o'rtasida xo'jalik aloqalarini optimallashtirish modellari Reja: 1. Transport masalasining iqtisodiy mohiyati. 2. Ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari zahiralari. 3. Transport masalasining turlari: bir mahsulotli va ko'p mahsulotli. 4. Transport masalasining matritsaviy va iqtisodiy-matematik modeli. 5. Ko'p bosqichli transport masalasining iqtisodiy mohiyati. Faraz qilaylik, bir necha ishlab chiqarish korxonalarda bir xil mahsulot zaxiralari mavjud. Ularni iste'molchilarga yetkazib berish zarur. har bir ishlab chiqarish korxonasi taklif qiladigan mahsulotlarni hajmi, iste'molchilarning talablari hajmi, har bir ishlab chiqaruvchidan har bir iste'molchiga bir birlik mahsulot tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlari malum. ta'minotchilar (ishlab chiqaruvchilar) va iste'molchilar orasida shunday optimal xo'jalik aloqalarni aniqlash kerakki, natijada iste'molchilarning mahsulotlarga bo'lgan talabi ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatiga qarab qondirilsin va mahsulotlarni tashishga sarflanadigan transport xarajatlari eng kam bo'lsin. Transport modeli mahsulot turiga ko'ra bir mahsulotli va ko'p mahsulotli transport modellariga bo'linadi. Ko'p mahsulotli transport modeli o'z o'rnida o'zaro almashinuvchi va o'zaro almashishi mumkin bo'lmagan mahsulotlar uchun alohida tuziladi. Agar tovarlar o'zaro almashinuvchi bo'lsa, bu holda ularni shartli mahsulotga keltirib, oddiy, bir mahsulotli transport masalasi usullari bilan yechish mumkin. Masalan sut, sut mahsulotlari tashish bo'yicha. Mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berishdan avval, qayta ishlash jarayonidan o'tishi zarur bo'lsa, bu holda ko'p bosqichli transport masalasi hosil bo'ladi va xususiy usullar bilan echiladi. Transport masalasini matematik modelini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz: i -ishlab chiqaruvchi (ta'minotchi) korxonalari nomeri, ; j -iste'molchi nomeri, ; - i-ta'minotchi punktidagi mahsulot (yuk) zaxirasi; - j-istemol punktidagi mahsulot (yuk) ga bo'lgan talab hajmi; - i-ishlab chiqarish korxonasidan j-istemol punktiga bir birlik mahsulot (yuk) ni tashish uchun ketgan transport xarajatlar; - i-ishlab chiqarish korxonasidan j-istemol punktiga tashilishi kerak bo'lgan mahsulot (yuk) ning izlanayotgan hajmi. Transport masalasining matritsaviy modeli Transport masalasining yoyilgan iqtisodiy-matematik modeli: Maqsad funksiya: Chegaraviy shartlar: Ishlab chiqaruvchi (ta'minotchi) lar bo'yicha: , iste'molchilar bo'yicha: O'zgaruvchilarning nomanfiylik sharti: Ayrim hollarda bunday muvozanat hosil bo'lmasligi mumkin, bu holda transport masalasining ochiq modeli tuziladi. Ochiq turdagi transport masalasi modelini yopiq holga keltirish uchun fiktiv ta'minotchi yoki fiktiv iste'molchi kiritiladi. Agar Yopiq holga keltirilgan transport masalasi modelini malum usullar bilan yechish mumkin (potentsiallar usuli, Brudno usuli va boshqalar). Transport masalasining boshlang'ich tayanch rejasini topish usullari Chiziqli dasturlash usulining boshqa masalalari singari transport masalasini yechish jarayoni boshlang'ich tayanch rejasi topish bilan boshlanadi. Transport masalasining boshlang'ich rejasini topish usullari ko'p bo'lib, quyida «shimoli-g'arb burchak» usuli va «minimal xarajat» usuli bilan tanishamiz. 1. Shimoli-g'arbiy burchak usuli. Faraz qilaylik, transport masalasining shartlari quyidagi jadvalga joylashtirilgan bo'lsin. «Shimoli-g'arbiy burchak» usulining g'oyasi quyidagilardan iborat. Eng avval shimoli-g'arbda joylashgan. nomalumning qiymatini ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
87.23 KB
Ko'rishlar soni
385 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
87.23 KB
Ko'rishlar soni
385 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:39 ]
Arxiv ichida: docx