«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining predmeti «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» degan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni o'rganish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: «Moziyga qarab ish tutish xayrlidir». Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o'rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot tarixi (xalq xo'jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini taminlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir. Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo'shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to'g'risida imkoni boricha ko'proq bilishga intilmoqdalar. Xo'sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o'rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug'ilishi tabiiy. Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to'la hal etishda o'tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o'tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to'g'risida to'g'ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. aniqrog'i, velosipedni qayta kashf qilishga xojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Ammo shunday bo'ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam etibor berildi, xatto «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» katag'onga uchradi, faqat mustaqillik yillari bu fanni oliy o'quv yurtlarida qaytadan o'qitish boshlandi. Bu o'z-o'zidan bo'lgani yo'q, albatta. Sho'rotlar tuzumi davrida ko'pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot fani sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o'rganildi, marksizm-leninizm g'oyalari birdan-bir to'g'ri ta'limot deb qabul qilindi va barcha masalalar echilgan, tarixga, uzoq o'tmishga hech qanday xojat yo'q, degan umumiy kayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat qurishda dasturilamal bo'lgan mafkuraga muqobil, muxolif bo'lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy etibor markscha-lenincha, iqtisodiy ta'limotni o'rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi yo'qligini zo'rma-zo'raki «isbotlash»ga qaratildi. Ammo bu yo'l tarix sinovidan o'tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, mafkuraviy tamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo'la boshladi. Tabiatning yomon ob-havosi bo'lmaganidek, tarix ham bo'lib o'tgan yaxshi yoki yomon voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru qilmaydi. Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko'ra ko'proq biladilar, bu obyektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni xaqiqatki, biz ular tufayli ham shu narsalarni bilamiz. Yana shuni ham alohida takidlab o'tish kerakki, sobiq SSR davrida qaysi fanni o'qish, qanday dastur va darslik asosida o'qitish «markaz»ning to'la ixtiyorida bo'lgan. Tarjima qilish ham shu yo'sinda olib borilgan. Oxir-oqibat o'zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo'l berilmagan. Ayniqsa, Sharq, xususan o'rta osiyolik olimlar, donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa fanlarga qo'shgan hissasi doimo kamsitib kelingan. Mustaqil taraqqiyot yo'liga o'tgan ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.38 KB
Ko'rishlar soni
439 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.38 KB
Ko'rishlar soni
439 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:39 ]
Arxiv ichida: docx