«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanning o'rganish uslubiyoti (metodologiyasi) «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o'rinni egallaydi. Insoniyat o'zining ko'p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hoqimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g'oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, bazida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g'oyalarni har tomonlama chuqur o'rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, yani hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko'p yillik tajriba mujassamlashgan bo'ladi. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanining predmeti bo'lib, malum davrlardagi u yoki bu ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Bu g'oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo'nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o'z ichiga oladi. Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg'or metodlari yig'indisidan iborat bo'lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog'liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so'nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg'un bo'lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o'zgarishlar davrida evolyutsiyada bo'ladi. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g'oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi. Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo'jalik obyekti bilan chambarchas bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan. Bazi mutaxassislar faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy xulosasi sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr malum vaqtdan keyin o'zgarishi mumkin. Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog'liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'rganish orqali ekonomiks, xalq xo'jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o'zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o'zgarishning ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.69 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.69 KB
Ko'rishlar soni
251 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:39 ]
Arxiv ichida: docx