3 М A V Z U Iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar modeli Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo'jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. Har bir jamiyat o'z harajatlarini pasaytirishga yordam beruvchi mos keluvchi mexanizm va ma'lum turdagi ishlanmalariga ega bo'lgan iqtisodiy tizimini ishlab chiqishi kerak bo'ladi. Iqtisodiy tizim qaysi tovarlarni ishlab chiqilishini, qanday ishlab chiqilishini, kimlar ularni harid qilishini, tovar ayriboshlovni qanday amalga oshirishni va texnologik muvaffaqiyatga qanday erishish mumkinligini belgilab olishi kerak. Iqtisodiy tizimlar mahsulot ishlar chiqarish uchun kerak bo'ladigan omillarga kimlar egalik qiladi va iqtisodiy faoliyatni boshqarish, tartibga solish va rag'batlantirishda qo'llaniladigan metodlarga ajraladi. Iqtisodiy nazariyada ko'pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog'lab turkumlashga harakat qilinadi. Iqtisodiy tizimlarning ikki asosiy qutblari mavjud: Ma'muriy buyruqbozlik tizimi va bozor tizimi. Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, aniqrog'i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma'muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. Ma'muriy buyruqbozlik tizimi kommunizm yoki sotsializm tizimi nomi bilan ham ataladi. Unday tizimda, hukumak ko'pgina mulk resurslariga egalik qiladi va qaror qabul qilish markaziy iqtisodiy boshqaruv asosida kechadi. Hukumat tomonidan belgilab qo'yilgan markaziy boshqaruv komiteti resurslardan foydalanish, mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish va ishlab chiqarishni tashkillashtirishni amalga oshiradi. Hukumat o'z ko'rsatmalariga binoan ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ko'pgina korxonalariga ham egalik qiladi. Markaziy boshqaruv komiteti ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan mahsulotlarni belgilab, huddi shu mahsulotlarni ishlab chiqish uchun qancha resurslar ketishini aniqlab beradi. Kapital va iste'mol tovarlari ishlab chiqarilishi teng taqsimlanadi va iste'mol tovarlari markaziy boshqaruv komitetining uzoq muddatli ishlanmalari asosida moliyalashtiriladi. Sof rejali iqtisodiyot hukumat egaligidagi mulk resurslari bilan ta'minlash uchun markaziy rejaga tayanadi. Ammo, real hayotda, Sovet Ittifoqi 1992 yilda tanazzulga uchrashidan avval xususiy mulkdorlikka yo'l ochib berib, baz'i bozorlarni birlashtirib yuborgan edi. Rossiya va Yevropaning ko'p mamlakatlarida olib borilayotgan hozirgi islohotlar o'zlarining rejali iqtisodiyotlarini kapitalistik va bozorga yo'naltirilgan tizimlarga o'zgartirib yubordi. Xitoy islohotlari hali u darajaga yetmagan, lekin ular markaziy boshqaruv tizimiga bog'liqligini qisqartirmoqda. Garchi Xitoy hukumati kapital va resurslarga keng miqyosda egalik qilsada, mamlakatning o'z iqtisodiyotini tashkilashtirish va tartibga solishda erkin bozorlarga bog'liqlik talabi oshib boraverdi. Shimoliy Korea va Kuba markaziy rejali iqtisodiyot tamoyillariga amal qilayotgan mamlakatlarga misol bo'la oladi. Ma'muriy buyruqbozlik tizimidan ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.7 MB
Ko'rishlar soni
492 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.7 MB
Ko'rishlar soni
492 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:39 ]
Arxiv ichida: doc