Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslubi

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslubi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va tahlil uslubi - rasmi

Material tavsifi

I bo'lim IЌTISODIYoTNING UMUMIY ASOSLARI I BOB. IЌTISODIYoT NAZARIYaSI FANINING PRYeDMYeTI VA tahlil USLUBI 1-§. Iќtisodiy bilimlarning shakllanishi va iќtisodiy nazariyaning vujudga kelishi Iќtisodiyot Xar ќanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik nematlari ishlab chiќarishni obyektiv zarur ќilib ќo'yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o'z ehtiyojlarini ќondirishlari shart. Jamiyat bor ekan, ishlab chiќarish, ishlab chiќarilgan nematlarni ayirboshlash, taќsimlash va istemol ќilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga boƒliќ holda yuz beradi. «Iќtisodiyot» so'zi odatda ikki va Xatto uch manoda ishlatiladi. B i r i n ch i d a n, iќtisodiyot - bu xo'jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli nematlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta'minlash va yaxshilash tizimi. I k k i n ch i d a n, iќtisodiyot - bu resurslar va jamiyat a'zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo'jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. U ch i n ch i d a n, iќtisodiyot - bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini ќondirish bilan boƒliќ bo'lgan, xo'jalik yuritish jarayonida odamlar o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar Xaќidagi bilimlar majmui. «Iќtisodiyot» so'zining o'zagini «iќtisod» so'zi tashkil etadi. Iќtisod so'zining o'zbek tilidagi luƒaviy manosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir. MashXur ma'rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iќtisodga shunday ta'rif beradi. «Iќtisod deb pul va mol kabi nematlarning ќadrini bilmoќќa aytilur. Mol ќadrini biluvchi kishilar o'rinsiz yerga bir tiyin sarf ќilmas, o'rni kelganda so'mni ayamas». Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini to'laroќ ќondirishga harakat ќiladi. mehnat ќilishning o'zi Xam tirikchilik o'tkazishga ќaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo'ladi, desak xato ќilmaymiz. Insonning mehnat unumi ќancha yuќori bo'lsa, tirikchilik kechirish uchun nematlar shuncha ko'p yaratiladi. Ana shuning uchun Xam ajdodlarimizning diќќat-etibori ќanday ќilib hayot kechirish uchun zarur nematlarni ko'paytirish yo'llarini topishga ќaratilgan. Eng aќlli, zukkolar o'z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maќbul yo'llarni topishgan va undan foydalanishni tavsiya etishgan. Ulardan ko'plarining nomi tarixda ќolgan. O'z davrida shakllangan iќtisodiy ќarashlar ќadimgi ќo'lyozmalarda aks etgan. Iќtisodiy ќarashlarning fan sifatida shakllanishi dunyo sivilizatsiyasining «beshigi» deb tan olingan Ќadimgi Misr, Sharќ mutafakkirlari ta'limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi. Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari ќadimgi Bobilda podsho Xammurapi ќonunlari, Ќadimgi Hindistonda (miloddan VI asr ilgari)gi Manu ќonunlari, Ќadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniќsa Konfutsiy (miloddan avvalgi 551-479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diќќat ќilsak, mehnat taќsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taќsimlanishiga asosiy etibor ќaratilgan. Bu bejiz emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taќsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot taќsimoti jamiyat taraќќiyotida, aholining ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.39 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.39 KB
Ko'rishlar soni 220 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga