Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti Iqtisodiy nazariya vujudga kelib hozirgi darajaga etgunga qadar fanning predmetiga turlicha ta'rif berilgan. Iqtisodiy nazariyaning birinchi maktabi dastlabki kapital jamg'arilishi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash rivojlanishi davrida vujudga kelgan merkantilistlar ilmiy-tadqiqot predmetini boylik, boylikning manbai - savdo sifatida qarashgan. Klassik iqtisod vakillari fanning predmeti sifatida moddiy ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste'molni nazarda tutib, tadqiqot doirasini kengaytirishdi. Har bir maktab fanning predmetini turlicha talqin etadi. Mashhur iqtisodchi P. Samuelson o'zining «Ekonomika» kitobida iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to'g'risidagi fikr-larni o'rganib, ulardan ba'zilari quyidagilar deydi: 1. Iqtisodiyot nazariyasi ayirboshlash va pullik bitimlar bilan bog'liq iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan. 2. Iqtisodiyot nazariyasi har xil tovarlar (bug'doy, mol go'shti, palto, kontsertlar, yo'llar, yaxtalar) ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan kamyob yoki cheklangan unumli resurslar (yer, mehnat, ishlab chiqarishda ishlatishga mo'ljallangan tovarlar, masalan, mashinalar va texnikaviy bilimlar)dan foydalanish va ularni jamiyat a'zolari tomonidan iste'mol qilish maqsadida taqsimlash to'g'risidagi fan. 3. Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, yashashi uchun mablag' topishi va undan foydalanishi to'g'risidagi fan. 4. Iqtisodiyot nazariyasi insoniyatning iste'mol va ishlab chiqarish borasida o'z vazifasini qanday uddalayotgani haqidagi fan. 5. Iqtisodiyot nazariyasi boylik to'g'risidagi fan. Shu bilan birga bu ro'yxatni bir necha marta cho'zish mumkin deb ko'rsatadi P. Samuelson3. Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan A. O'lmasov, M. Sharifxo'jaevlar iqtisodiyot nazariyasiga quyidagicha ta'rif berishadi: «Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda yuz beradigan iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularga xos bo'lgan aloqa-bog'lanishlarni, ularning qonunqoidalarini va kishilar faoliyatida namoyon bo'lishini o'rganuvchi fandir»4. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy hodisa, jarayonlarni resurslarning cheklanganligi inson va jamiyat ehtiyojlarining cheksizligidan kelib chiqqan holda tadqiq etadi. «Ekonomiks» mualliflari Kempbell R. Makkonnell va Stenli L. Bryu ham buni ta'kidlab, juda ko'p iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiy nazariyasi cheklangan resurslar doirasida kishilar tomonidan moddiy ne'matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol jarayonida o'zlarini qanday tutishlarini tadqiq qilishdan iborat deb ko'rsatadilar. Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta'rif berish mumkin deyishadi. Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq etadi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo'lish uchun uning tadqiqot doirasi, obyekti, subyekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko'rsatib o'tish maqsadga muvofiq. Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo'jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlar, makro - mamlakat, mega - jahon miqyosi doirasida bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular o'rtasidagi bog'lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o'z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki bu obyektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.22 KB
Ko'rishlar soni 340 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.22 KB
Ko'rishlar soni 340 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga