O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI SH. SHODMONOV, T. JO'RAYEV IQTISODIYOT NAZARIYASI Ma'ruzalar matni O'quv dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalarini qayta ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan Toshkent - 200 yil. KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan o'zining mustaqil taraqqiyot yo'liga asoslangan holda bozor iqtisodiyotiga to'la ishonch bilan o'tib bormoqda. Mustaqillikning o'tgan qisqa davri ichida iqtisodiyot inqiroz holatidan chiqarildi, uning ko'pgina sohalarida barqaror iqtisodiy o'sish boshlandi. Bozor munosabatlarining tarkibiy qismlari, infratizilmalari vujudga keltirildi. Lekin Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlaridan, uning nutqlari va turli yig'ilishlarda, ayniqsa Oliy Majlisning 2-chaqiriq I va II sessiyalarida, Vazirlar Mahkamasidagi yig'ilishlarda qilgan ma'ruzalaridan bizga shu narsa ma'lum bo'lib turibdiki, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda o'z yechimini topmagan muammolar, hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalar ham mavjud. Ko'pgina korxonalarning zarar qo'rib ishlayotganligi, ularning moliyaviy ahvoli qiyinlashib, bankrotga uchrayotganligi, mayda va o'rta tadbirkorlarning, mulqdorlar sinfining sekin shakllanayotganligi, qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari, tovar, xizmat va kapital eksportining sekin o'sayotganligi va boshqalar shular jumlasidandir. Agar oldimizda «Milliy boylikning ko'payishini, Respublikaning mustaqilligini, odamlarning munosib turmush va ish sharoitlarini ta'minlaydigan qudratli, barqaror va jo'shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish» kabi buyuk vazifa turganligini, bunday iqtisodiyot - I. Karimov ayttanlaridek, strategik maqsadimiz bo'lgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning asosi ekanligini e'tiborga olsak, iqtisodiy muammolarimiz naqadar ko'pligi va murakkabligi yanada ayon bo'ladi. Ana shu va boshqa muhim iqtisodiy masalalarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmushshi va xususiyatlarini tushunish ko'p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog'liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo'jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo'jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo'lib, unumli mehnat qilish yo'llarini va shakllarini o'rgatadi. iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi fakrt milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog'liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko'payishi, uning to'g'ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog'liqligini ham o'rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishida, ularning intelektual kamolotga erishuvida muhim rol o'ynaydi. Lekin o'zbek tilida hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyoti ichki sir-asrorini, uning haqiqiy qiyofasini sinchiklab o'rganishga intilayotgan o'quvchi va talabalarimiz uchun mo'ljallangan iqtisodiyotning muammoli tugunlarini yechishga harakat qilayotgan rahbar xodimlar, iqtisodchi mutaxassislar, bozor iqtisodiyoti bilan qiziqayotgan keng kitobxonlar ommasi talablariga javob beradigan adabiyotlar, qo'llanmalar, ayniqsa, darsliklar yetarli emas. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
568.6 KB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
568.6 KB
Ko'rishlar soni
262 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:40 ]
Arxiv ichida: doc