Iqtisodiyot tushunchasi

Iqtisodiyot tushunchasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iqtisodiyot tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiyot tushunchasi. O'zbekiston Respublikasining o'ziga xos bozor iqtisodiyoti yo'lidan - jahon tan olgan O'zbekiston yo'li dan rivojlanishi Inson oziq-ovqat, kiyim-kechak, yashash joyga muhtoj. Hayvonot dunyosi ham oziq-ovqatga muhtojlik sezadi. Inson ishlab chiqarish orqali o'z ehtiyojlarini qondiradi, hayvonlar esa hech nima ishlab chiqarmaydilar. Insonlarning moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va bu borada yuzaga keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani o'rganadi. Abu Ali ibn Sino fanlarni tasnif qilar ekan, iqtisodiyotni xo'jalik yuritish sohasidagi amaliy fanlar qatoriga kiritadi. O'rta asrlarda ilmlar tasnifi bilan shug'ullangan Abu Abdulloh al Xorazmiy ham iqtisodiyotni xo'jalik yuritish sohasidagi amaliy falsafiy fan doirasiga kiritadi. Ishlab chiqarishning o'sishi va kishilar, mamlakatlar o'rtasidagi aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqargan. O'rta Osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllangan. Tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha, bundan ming yillar muqaddam Buxoro va Xiva savdogarlari odamlar ko'zini quvnatib, hayron qoldirgan tovarlar va buyumlarni Hindiston va Xitoyga, Rossiya va g'arbiy Ovrupa mamlakatlariga yetkazib borganlar. O'rta Osiyoda bozor munosabat-larining qadimdan rivoj topganiga «Buyuk Ipak yo'li» yaqqol misol bo'la oladi. Shunday ekan, hozirgi zamon tilida ishlatilayotgan bozor iqtisodi va uning mohiyati nima? Uni qisqacha ifodalaydigan bo'lsak, u quyidagilarni anglatadi: Bozor iqtisodi degan so'z birinchi navbatda muloqot, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga to'g'ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demakdir. Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi - mumkin qadar ko'proq va mumkin qadar sifatliroq, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. Xuddi shu talablarni amalga oshirishning eng qulay sharoitlarini kapitalizm davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi besh asr ichida undan oldingi hamma tarixdagidan ko'p moddiy va ma'naviy qadriyatlar yarata oldi. Bozor iqtisodi hukmron mamlakatlar moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar bulog'iga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy aqliy salohiyati, yaratuvchilik imkoniyatlari namoyon bo'ldi. Jahon tajribasi, shu jumladan o'zimizning mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot faqat uning o'zigagina xos bo'lgan qonunlar asosida rivojlanib borganligini ko'rsatadi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar-pisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotni og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, sobiq Ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr mobaynida bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo'lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko'rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning xalqiga juda qimmatga tushdi. Iqtisodiyotning ham o'z obyektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslikning hech bir iloji yo'q. Har doim iqtisod o'z yo'lidan boraveradi, uni to'xtatish mumkin emas. Kimki iqtisod qonunlarini nazar-pisand qilmasa, uning kosasi oqarmaydi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, u qaysi yo'ldan borishi kerak, degan masala oldimizda ko'ndalang bo'lib turdi. Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillikka erishishimizning birinchi kunlaridanoq jahondagi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama o'rganib, Mustaqil O'zbekistonning bundan buyongi taraqqiyot yo'li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo'lidan borish ekanligiga qatiy ishonch ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.23 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.23 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga