Mavzu:IqtisodiYotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik Reja: 1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi 2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. sikllarning asosiy turlari Bu bobda dastlab iqtisodiy sikllarga, yani bozor iqtisodiyoti uchun xususiyatli bo'lgan ishlab chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishlarning sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida moliyaviy, tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o'rin ajratiladi. «Bugungi kunning eng dolzarb muammosi - bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo'llarini izlashdan iborat». Shunga ko'ra, bob davomida hozirgi davrda ro'y berayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablari va ta'sir yo'nalishlariga alohida etibor qaratiladi. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi Har qanday mamlakat iqtisodiy o'sish, iqtisodiy resurslarning to'la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta'sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo'g'inlarda uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Ko'plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko'payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o'sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga etibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro'y berish ketma-ketligidagi malum izchillik ham aniqlandi. siklli rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta'siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to'g'risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan. Takidlash lozimki, turli darslik va o'quv qo'llanmalarda mazkur muammoni yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to'xtalib o'tilgan. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o'sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o'zi esa munozarali va kam o'rganilgan muammolardan biri ekanligi takidlangan. Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo'nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko'rsatilgan. siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o'zaro ta'sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. sikl fazalarini ajratib ko'rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to'xtab o'tilgan. Shundan so'ng sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud bo'lgan sikllar to'g'risidagi nazariyalar bayon etilgan. Bazi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to'xtab o'tilgan. Ushbu ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.87 KB
Ko'rishlar soni
651 marta
Ko'chirishlar soni
113 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.87 KB
Ko'rishlar soni
651 marta
Ko'chirishlar soni
113 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:40 ]
Arxiv ichida: docx