IS-LM Modeli Reja: IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog'liqligi. Modelning asosiy tenglamalari. IS - egri chizig'i va uning tenglamasi. LM - egri chizig'i va uning tenglamasi. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat. 1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog'liqligi. Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta'sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli birinchi marta 1037 yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izoxlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda A. Xansenning Monetar n6azariya va fiskal siyosat nomli kitobi nashr kilinganidan so'ng keng yoyildi. SHu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb xam yuritiladi. I S - LM modeli qisqa muddatli davrga xam tovarlar xam pul bozorida birgalikda muvozanat o'rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda xam iste'mol xam investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste'mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb karaladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qog'ozlari ko'rinishidagi qisqa muddatli kredit vositalarini oldi sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar bo'yicha foiz stavkasidir. IS - LM modeli (investitsiyalar-jamgarmalar, likvidlilikni afzal ko'rish - pul) - yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanatim modeli*. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e'tiborga olingan edi. YA'ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko'tarilishi pulga bo'lgan talabni oshirishi bu esa o'z navbatida foiz stavkasining ko'tarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko'zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniklashtiradi va bu modelda xar ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo'ladi. Model' bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog'liq tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi. 2. Modelning asosiy tenglamalari. IS-LM (investitsiya - jamgarmalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaqtning o'zida xar ikkala bozorda muvozanatni ta'minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi. Modelning asosiy tenglamalari kuyidagilar: 1. Y=C +I + G +Xn - asosiy makroiqtisodiy ayniyat. 2. C = a+b (Y-T) - iste'mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY. 3. I = e-dR - investitsiya funksiyasi. 4. Xn = d- m'Y - nR - sof investitsiya funksiyasi. 5. MP =kY - hR - pulga talab funksiyasi. IS-LM modelida ko'rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga erishiladi. Modelning endogen o'zgaruvchilari ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.59 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.59 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:40 ]
Arxiv ichida: docx