Ishchi kuchi bozori, ishchi kuchi va uning bandligi

Ishchi kuchi bozori, ishchi kuchi va uning bandligi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ishchi kuchi bozori, ishchi kuchi va uning bandligi - rasmi

Material tavsifi

28 М A V Z U ISHCHI KUCHI BOZORI. ISHCHI KUCHI VA UNING BANDLIGI Bandlik tushunchasi. To'liq va samarali bandlik muammosi Mavjud qonunlikka muvofiq ish bilan bandlik deganda fuqorolarning qonunda taqiqlanmagan va ularga daromad keltiradigan faoliyat turi bilan shug'ullanishlari tushuniladi. Ko'pchilik iqtisodiy adabiyotlarda qayd qilinganidek: Bandlik mehnat qobiliyatiga ega bo'lgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarning ishga joylashib foydali mehnat bilan mashg'ul bo'lishlaridir. Ish bilan band aholiga yollanib ishlovchilar va o'zlarini mustaqil ravishda ish bilan ta'minlagan shaxslar kiradi. YAlpi ishchi kuchi - bu jamiyat yoki alohida olingan mamlakat miqyosida qiymat vaiste'mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi bir-biri bilan chambarchas bog'liq holdafaoliyat qiluvchi ishchi kuchlarining umumlashtirilgan majmui. YAlpi ishchi kuchining takror hosil qilinishi jarayonlarini o'rganish muhim bo'lib, bunda eng avvalo ishchi kuchiningziga to'xtalish maqsadga muvofiqdir. Ishchi kuchi - bu insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayonida faqatgina ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya'ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi. Ish bilan band bo'lish uchun mexnatga layoqatli, ya'ni mehnat qilish qobilyatiga ega bo'lish kerak, unga ega bo'lgan kishilar mehnat resurslarini tashkil etadilar. O'zbekistonda mehnat resurslariga aholining quyidagi guruhlari kiradi: Mehnatga layoqatli yoshdagilar: 16 yoshden-54 yoshgacha bo'lgan ayollar; 16 yoshdan-60 yoshgacha bo'lgan erkaklar. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar. Balog'at yoshiga etmagan ishlovchi o'smirlar (16 yoshgacha bo'lganlar). Mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nafaol aholi qatlamlaridan iborat bo'ladi. O'zbekistonda mehnat resurslarining o'rtacha 74-75 foizi, iqtisodiy faol, 25-26 foizi iqtisdiy nafaol hisoblanadi. Iqtisodiy faol aholining 95% ga yakini iqtisodiyotda band qilingan. Iqtisodiy nafaol aholining 57,0% dan ortiqrog'ini band qilinmaganlar tashkil qilsa, 43,0% ga yaqini mehnatga layoqatli yoshdagi o'quvchilar va ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olayotganlardan iborat (2010 y. O'zbekistonda doimiy aholi, mehnat resurslari va iqtisodiyotda band bo'lganlar soni 23- jadval Iqtisodiy faol aholi qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi. YAlpi ishchi kuchining miqdor o'lchami - bu mehnatga layoqatli kishilarining (iehnat resurslarining) umumiy sonidir. YAlpi ishchi kuchining sifat o'lchami esa ularning bilimi, malakasi, mahorati, ko'nikmasi va ish tajribasining o'rtacha ko'rsatgichlarida mujassamlashadi. Boshqa resurslar kabi mehnat resurslari ham takror xosil qilib turilishi kerak, bunga tor va keng ma'noda qarash mumkin. Ishchi kuchini tor ma'noda takror xosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va o'stirib borish hamda ishchi avlodini tayyorlash kabilarni o'z ichiga oladigan jarayondir. Keng ma'noda ishchi kuchini takror xosil qilish esa quyidagilarni anglatadi: aholining tabiiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 611.91 KB
Ko'rishlar soni 535 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 611.91 KB
Ko'rishlar soni 535 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga