Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari Reja: 1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi 2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni 3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari 4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi 5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko'rsatkichlari 2 Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi 3 Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi 4 O'zbekiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda) 5 Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni 6 Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli 7 Zaruriy va qo'shimcha mahsulotning sotilib pulga aylangandan keyin o'zgargan shakllari 8 Resurslar to'liq band bo'laganda ishlab chiqarish imkoniyatlari (shartli raqamlar) 9 Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari Reja: 1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. 2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. 3. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari. 4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi. 5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko'rsatkichlari. 1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi. Moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish, xizmatlar ko'rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. SHuning uchun ishlab chiqarishning to'xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va obyektiv zaruriyatdir. Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo uning ro'y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo'lmog'i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat'iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo'lgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo'lishi shart (1-chizma). Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo'lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o'zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat predmetlari esa bevosita mehnat ta'sir qiladigan, ya'ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat predmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya'ni xom ashyo bo'lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. Mehnat vositalarini mehnat predmetlariga ta'sir etish xususiyatiga ko'ra bir nechta katta guruhlarga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta'sir qiladi va bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx, pptx
Fayl hajmi 154.59 KB
Ko'rishlar soni 701 marta
Ko'chirishlar soni 143 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: docx, pptx
Joylangan
Fayl formati zip → docx, pptx
Fayl hajmi 154.59 KB
Ko'rishlar soni 701 marta
Ko'chirishlar soni 143 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx, pptx
Tepaga