Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi - rasmi

Material tavsifi

Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi Bizga malumki, raqobatli bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bahosi iqtisodiy xarajatlar darajasi hamda talab va taklifning o'zaro ta'siri natijasida o'rnatiladi. Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berishga bo'lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omili sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qiladi, ular ham malum bahoga ega bo'ladi. Korxona bozorga taklif qiladigan qandaydir tovar miqdori:iqtisodiy xarajatlar (resurs baholari) darajasiga, rusurslardan foydalanish samaradorligi va tovalar bozorda sotiladigan baholarga bog'liq. Bu mavzuda biz sarf-xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to'xtalamiz hamda foydaning tashkil topishini tahlil qilamiz. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog'liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun malum sarf xarajatlar talab etiladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug'o'rtaga ajratmalar, foiz to'lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo'lib o'rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (10- chizma). Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizasiya va h. k.) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog'liq bo'lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste'molchiga etkazilguncha ketadigan safrlarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo'linadi: qo'shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o'rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo'shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin turib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. Cof muomala xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste'molchilar talabini o'rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo'ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.35 KB
Ko'rishlar soni 269 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.35 KB
Ko'rishlar soni 269 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga