Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish modellari Reja: 1. Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish masalasini qo'yilishi va uning matematik modellari. 2. Talab va taklif funksiyasi bozor mexanizmi asosi. 3. iste'molchi va ishlab chiqaruvchi yutug'i - ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish modelining mezoni. 4. Bozor muvozanati modeli - ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish modeli. 5. Bir va ko'p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish modellari. O'zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti turli-tuman va turli xil mulkchilikka asoslangan korxonalardan iborat bo'lib, ular Respublika hududining turli joylarida faoliyat olib boradilar. Ularning samarali faoliyati Respublika iqtisodiyotini asosini tashkil qiladi, shuning uchun ham ularni samarali joylashtirish va rivojlantirish doimo dolzarb muammodir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tarmoqning, korxonaning rivojlanishi va joylashishi uning mahsulotiga bo'lgan talablarning shakllanishi bilan aniqlanadi. Tarmoq sistemasini optimallashtirishda, uning mahsulotiga bo'lgan talab bilan birga quyidagi asosiy elementlar va jarayonlarni ko'rsatish mumkin: ishlab chiqarish korxonasi moddiy ishlab chiqarishning asosi bo'lib, tarmoq masalasida asosiy elementdir. Masalaning qo'yilishiga qarab, bu korxonalar guruhi, korxona yoki tsex, uchastka bo'lishi mumkin; korxonaning faoliyat olib borish turlari - bu uning ishlab chiqarish xarakteristikasi bo'lib, ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarining miqdorini, samaradorligini bildiradi; transport aloqalarini amalga oshirish turlari - obyektdan, korxonadan iste'molchilarga mahsulotni tashib ketish shartlarini xarakterlaydi. Bunda yuk tashish yo'nalishi, transport turi va samaradorligi aniqlanadi. Ishlab chiqarishni optimal rivojlantirish va joylashtirish modellari tanlangan maqsad mezoniga qarab quyidagi muammolarni aniqlashga imkon beradi: a) ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish, joylashtirish va ixtisoslashtirish; b) mavjud texnologiyalar ichidan eng samaralilarini tanlash; v) yangi qurilish va qayta jihozlash o'rtasidagi optimal nisbatni tanlash; g) transport aloqalarini aniqlash; d) rivojlanish uchun zarur bo'lgan kapital mablag'lar va boshqa resurslarga bo'lgan talabni aniqlash va ularni samarali taqsimlash; e) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samaradorligini baholash. Bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish va rivojlantirish masalasini modelini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz: i - ishlab chiqarish korxonalari punkti indeksi, ; j - istemol qilish punktlari indeksi, ; - j-punktning mahsulotga bo'lgan talabi; - i-punktning maksimal ishlab chiqarish quvvati; - bir birlik mahsulotni i-punktdan j-punktga tashish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar; - i-punktda bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish xarajatlari (kengaytirish yoki qayta jihozlash); - i-ishlab chiqarish punktidan j-istemol punktiga tashilishi zarur bo'lgan mahsulot miqdori; - i-punktdagi korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Yuqoridagi belgilashlar orqali masalaning maqsad funksiyasining mezoni va asosiy shartlarini ifodalaymiz: ishlab chiqarish va yetkazib berish xarajatlari belgilangan shartlar doirasida minimallashtirilsin: Quyidagi chegaraviy shartlar bajarilsin: Har bir istemol punktiga tashib keltirilgan mahsulotlarning umumiy yig'indisi, uning talabiga teng bulsin: Har bir ishlab ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.77 KB
Ko'rishlar soni
576 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
53.77 KB
Ko'rishlar soni
576 marta
Ko'chirishlar soni
62 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:40 ]
Arxiv ichida: docx