Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko'rsatkichlari

Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko'rsatkichlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko'rsatkichlari - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko'rsatkichlari. Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi xar doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo'lib keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo'yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo'lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning provard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag'lar yoki qilingan xarajatlar o'rtasidagi nisbat tushiniladi. Lekin, turli sosial-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o'zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy subyekt ko'proq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (MS+ IX) nisbati MS+IX x 100% formulasi bilan aniqlanadi, yani . Bu yerda R1 - foyda normasi, MS - moddiy sarflar, UX-ish xaqini miqdori. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorligining bosh mezoni haqida ham bir qancha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yalpi milliy mahsulot, cof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to'rtinchilari esa qo'shimcha mahsulot deb ko'rsatadilar. Biz hozir bu yerda fikrlarning qaysi biri to'g'ri ekanligi haqida batafsil to'xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko'pchilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko'rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, yani rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko'p qirrali masala bo'lib, bu aytilgan birgina asosiy ko'rsatkichda, uni to'la ravishda har tomonlama ifodalab bo'lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to'la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning istemol qiymatining sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini esa - V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: MU=MV Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga yani kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan ko'rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini - K, mahsulotni - M, yalpi daromadni - YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak quyidagi formulalar hosil bo'ladi: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.32 KB
Ko'rishlar soni 300 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.32 KB
Ko'rishlar soni 300 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga