Iste'molchi tanlovini modellashtirish

Iste'molchi tanlovini modellashtirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Iste'molchi tanlovini modellashtirish - rasmi

Material tavsifi

iste'molchi tanlovini modellashtirish Reja: 1. iste'molchining tanlash erkinligi. 2. iste'molchi naflik funksiyasini maksimallashtirish. 3. Befarqlik egri chiziqlari va byudjet chegarasi. iste'molchi tanlovi. Bozor talabining shakllanishi asosida shaxsiy (individual) talab yotadi, yani alohida iste'molchining talabi, har bir shaxs o'zining fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir mahsulotdan, qanchadir sotib olishi kerak, sotib olish uchun malum miqdorda mablag'i bo'lishi kerak. iste'molchining mablag'i chegaralangan. iste'molchi har doim tanlov oldida turadi: qaysi mahsulotdan qancha olishi kerak? iste'molchi qaror qabul qilishda, mavjud imkoniyat doirasida maksimal darajada o'z ehtiyojini qondirishga, turmush farovonligini darajasini oshirishga harakat qiladi. Ushbu ehtiyojni qondirish darajasi yoki turmush farovonligi darajasi naflik deyiladi. Nematning nafligi - nematning inson ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Istemol nazariyasida nemat - bu iste'molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday istemol obyektidir. Ko'p hollarda nematlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki «korzina» bilan istemol qilinadi. Malumki, iste'molchilar malum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan. Bunday holatda ular nematlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi. Istemol nazariyasi quyidagi postulatlarga asoslanadi: 1. iste'molchilar barcha nematlarni klassifikatsiya qiladi va bir-biri bilan solishtira oladi. Boshqacha aytganda, iste'molchi ikkita va nematlar majmualaridan majmuani ga nisbatan ko'proq xohlashi yoki majmuani ga nisbatan ko'proq xohlashi yoki ikkalasini ham naflik darajasi bir xil deb, qarashi mumkin: agar majmua majmuaga nisbatan nafliroq bo'lsa, . majmua ga nisbatan nafliroq bo'lsa, . Ikkalasi ham bir xil darajadagi nafga ega bo'lsa . Shuni takidlash kerakki, bu tanlash majmualar qiymatiga bog'liq emas. iste'molchi apelsinni limonga nisbatan ko'proq xohlashi mumkin, lekin limon arzonroq bo'lgani uchun, iste'molchi limonni sotib oladi. 2. iste'molchi xohishi tranzitivdir. Agar iste'molchi majmuani ga nisbatan ko'proq xohlasa va majmuani majmuadan ko'ra ko'proq xohlasa, unda u majmuani majmuaga nisbatan ko'proq xohlagan bo'ladi, yani: 3. To'yinmaslik. iste'molchi har doim har bir nematning kamroq qismidan ko'ra, ko'proq qismini olishni xohlaydi (bu shart hayotda har doim ham bajarilavermaydi). Naflik funksiyasi. iste'molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflik funksiyasidan foydalanamiz. Naflik funksiyasi - iste'molchining istemol qiladigan nematlar hajmi bilan, u ushbu nematlarni istemol qilish natijasida oladigan naflik darajasini ifodalaydi. Bizda qancha ko'p nemat bo'lsa, qo'shimcha bir birlik nemat qimmati, biz uchun shuncha past bo'ladi. Demak, nematning narxi, uning umumiy nafligiga emas, balki chekli nafliligi bilan belgilanadi. Demak, naflik funksiyasi, naflik darajasini istemol qilingan nematlar hajmiga bog'liqligini ifodalaydi: , bu yerda - naflik darajasi; - 1, 2, , n - nematlar hajmi. Chekli naflik - bu naflik funksiyasidan biror bir nemat o'zgaruvchisi bo'yicha olingan xususiy hosiladir. , bu ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.69 KB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 60.69 KB
Ko'rishlar soni 358 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga