Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlarning ko'rinishlari. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki ko'rinishda (mikro - transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro - iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi. Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xo'jalik yurituvchi subyektlarning kapitallarini o'zaro ta'sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Yani, ushbu davlatlar o'rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shoxobchalar, sho'ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. tashkil topgan korxona va firmalar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta'minlashga, ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o'tkazish zaruriyati tug'iladi. Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega bo'lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi. Jahon xo'jaligini rivojlanishining zamonaviy bosqichida sayyoramizning barcha qitalarida integratsion jarayonlarning turli shakllarini ko'rishimiz mumkin. Xo'jalik hayotda integratsiyalashuv jarayonlari kundan - kunga chuqurlashib bormoqda. Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy - axborot, tovar ayiraboshlashgacha bo'lgan turli ko'rinishlarini bir-biriga qo'shilib borishini nazarda tutadi. Jahon xo'jaligida iqtisodiy integratsion jarayonlarning asosida bir qator obyektiv omillar yotadi, ularning ichida eng muhimlari quyidagilardir: - xo'jalik hayotining yanada baynalminallashuvi; - xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; - umumjahon ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy-texnika inqilobi (ITI); - milliy iqtisodiyotda ochiqlik darajasini kuchayishi va boshqalar. Ushbu obyektiv omillarning barchasi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida bir-birlari bilan chambarchas bog'liq holda o'zaro aloqadorlikda rivojlanib boradi. Jahon iqtisodiyotida xo'jalik hayotining barqaror rivojlanishi, takror ishlab chiqarishning milliy xo'jaliklar doirasidan chetga chiqish jarayonini aks ettiradi (eng avvalo, xalqaro mehnat taqsimoti asosida). Jahon xo'jaligi baynalminallashuvining o'sishi va rivojlanishida TMKlarning ta'sir doirasi kattadir. YuNKTAD ma'lumotiga ko'ra hozirgi kunda jahonda 40 mingdan ortiq TMKlar va ularning 270 mingdan ortiq shoxobchalari va sho'ba korxonalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Jahondagi 500 dan ortiq eng yirik korporatsiyalarning 13 qismi esa AQSHga tegishlidir. Jahon xo'jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlarini ikkinchi omili - xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasidagi chuqur o'zgarishlardir (bu asosan ITI ta'sirida yuz beradi). xalqaro mehnat taqsimoti atamasi, bir tomondan, mamlakatlarning malum bir mahsulotlar ishlab chiqarishiga ixtisoslashuvini bildirsa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish majburiyatlarning firma ichida va firmalararo taqsimlanishida o'z ifodasini topadi. Umumjahon ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy-texnik inqilobning hozirgi bosqichi baynalminallashuvni ham bozor, ham ishlab chiqarish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim rol o'ynamoqda. ITI tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolini oshishini taminlovchi muhim omildir. Xullas, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.93 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.93 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga