Jahon xo'jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlari

Jahon xo'jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Jahon xo'jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Jahon xo'jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlari. Hozirgi kunda jahonda 20 dan ortiq xalqaro iqtisodiy birlashmalar (uyushmalar) mavjud. YaIMda tovaraylanmaning 23 qismi va investitsiyalarning asosiy qismi ana shu birlashmalar hissasiga to'g'ri keladi. xalqaro iqtisodiy markazlar ichida 3 ta asosiy integratsion markazni alohida ajratib ko'rsatish mumkin G'arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo - Tinch okeani mintaqasini integratsion iqtisodiy markazlar. XX asrning 50 - yillaridan so'ng G'arbiy Yevropada ikkita yirik integratsion guruhni, yani, YevropaIqtisodiy Hamjamiyati (YeES) va YevropaErkin Savdo Assotsiatsiyasini (YeAST) vujudga kelishi natijasida integratsion jarayonlar katta tezlikda rivojlanib borgan edi. 90 - yillarning o'rtalariga kelib esa YeES (1995 yildan boshlab YevropaIttifoqi (YeI) deb atala boshlagan) davlatlari tashkiloti deyarli YeASTni tugashiga sabab bo'ldi (YeAST o'z tarkibida faqatgina Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shvetsariya davlatlarini saqlab qolgan edi xalos). Bu ikki birlashmani solishtiradigan bo'lsak, YeAST O'zining taraqqiyotida bojxona ittifoqini yaratishdan nariyog'iga o'tmadi, uning tuzilmasi millatlararo yirik tashkilotlar va uyushmalar bilan mustahkamlanmadi.1990 yilda YeI va YeAST o'rtasida Yevropaiqtisodiy makonini yaratish to'g'risida kelishib olindi. Bu makon doirasida YeAST a'zolarining ishlab chiqaruvchilari YeI a'zolari kompaniyalari bilan bir qatorda preferentsial bojxona rejimidan foydalanishadi. Sharqiy Yevropada esa sobiq sotsialistik davlatlardagi demokratik qayta qurishlar 1949 yillardan beri mavjud bo'lib kelgan O'zaro Iqtisodiy Yordam Kengashining (O'IYoK) tarqalib ketishiga sababchi bo'ldi. Sharqiy Yevropadavlatlari o'zlarining iqtisodiy yo'nalishlarini G'arbiy bozorlarga qaratib, yangi birlashmalarni tashkil etishga intilmoqdalar. Masalan, 1992 yilda erkin savdo to'g'risida Markaziy Yevropakelishuvi imzolanib, unga Vengriya, Polsha, Chexiya va Slovakiya azo bo'lib kirgan edi. Sobiq Ittifoq hukumati tarkibida bo'lgan Respublikalar esa 1991-1993 yillar moboynida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi MDH doirasida iqtisodiy ittifoqni shakllantirdi. Jahon iqtisodiyotida ahamiyati jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi xalqaro integratsion markaz Shimoliy Amerika hududi hisoblanadi. Ushbu hududda 1994 yilning 1 yanvarida Shimoliy Amerika Erkin Savdo Assotsiatsiyasi (NAFTA) tashkiloti kuchga kirdi. NAFTA tashkiloti AQSH, Kanada va Meksika davlatlarini o'z tarkibiga birlashtirgan. NAFTA davlatlari faoliyatini kelishuvida tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tashlash, savdo-iqtisodiy munosabatlardagi kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqarish, bir-biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning YeIga nisbatan o'ziga xos xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik emasligidir. Kanada va Meksika davlatlari integratsiyalashuv jarayonida AQSHga iqtisodiy o'zaro bog'lanishgan. Jahon iqtisodiyotida uchunchi integratsion markaz boshqa iqtisodiy integratsion markazlarga nisbatan hududi, aholisi va resurslarning miqdori bo'yicha ancha ustundir. Biroq, integratsiyalashuv yo'lida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida juda ko'p to'siqlar (mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish darajasidagi keskin tafovutlar, etnik va madaniy farqlar, o'zaro siyosiy davolar, hududiy to'qnashuvlar va boshqalar) mavjud. Hozirgi kunda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida bir necha yirik subhududiy iqtisodiy guruhlar Janubi - Sharqiy Osiyo ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.93 KB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga