Jahonshumul iqtisodiy muammolar Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ularning soni sobiq SSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo'linishi va boshqalar tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT azosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945 yil 24 oktyabr) o'ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar etirof etildi: BMT a'zolari soni 51 tadan 188 ga o'sdi, dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga etdi (o'sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSH dollaridan deyarli 30 trillion dollarga etdi, yani 4 martadan ko'proq o'sdi. 1995 yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo'yicha xalqaro konferensiya bo'ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Bo'tros Foliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) o'z nutqida so'nggi yillarda kambag'allar va boylar o'rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o'n yillikda 60:1 ga etdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1 Sayyoramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og'ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda, ochig'ini aytganda esa och-yalang'ochdir. Bunday differentsiatsiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog'liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda. O'zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo munosabatlarining nafi hammaga ayon bo'lishiga qaramay, davlatlar o'rtasidagi munosabatlar odatda garmoniya asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. Boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida savdodan tushadigan daromadlarni taqsimlashda kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda. 4-jadvalda jahondagi mamlakatlarda daromadlar taqsimoti keltirilgan (Jahon banki ma'lumotlari). Lekin keyingi davrda ilgari qoloq bo'lgan davlatlarning ayrimlari olib borilgan to'g'ri iqtisodiy siyosat tufayli rivojlanish, taraqqiyot yo'liga kirib oldilar, ularning soni tobora oshib bormoqda. Ularning ayrimlari Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko'pi janubi-sharqiy Osiyodadir («to'rt ajdaho») - Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan va Singapur, bular qatoriga Jahonda mamlakatlarida YaIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996) Malayziya, Tailand, Vetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar kelib qo'shilmoqda. Bu davlatlarga xos bo'lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari keng qo'llanilmoqda, sanoat (industriya)ning rivojiga alohida etibor berilmoqda, xorijiy investitsiyalar (qo'shma korxonalar juda ko'p) ko'p ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o'sish suratlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979 yildagi iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyot yo'liga kirdi (ayniqsa ochiq iqtisodiy hududlarda o'sish katta). Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta'limotlarda ham o'ziga xos yo'nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» olib borganligini bo'rttirib ko'rsatishga intilmoqdalar. Go'yoki mustamlakalar ilg'or mamlakatlar yordamida o'z mustaqilligini ta'minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg'or va qoloq ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.29 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.29 KB
Ko'rishlar soni
436 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx