Kembridj maktabi, Alfred Marshall ta'limoti

Kembridj maktabi, Alfred Marshall ta'limoti

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kembridj maktabi, Alfred Marshall ta'limoti - rasmi

Material tavsifi

Kembridj maktabi a. Marshall ta'limoti A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) yo'nalishning yetakchi vakili, marjinalizmning «kembrij maktabi»lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o'qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o'qituvchilik qildi. U siyosiy iqtisod fanidan (1863 yildan to 1908 yilgacha) dars berdi. 1902 yildan boshlab yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall marjinalizm g'oyasini musbat ravishda (Jevonsni bilmagan holda) aniqladi. «Ekonomiks prinsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asari bo'lib, olti jilddan iborat. Bu kitob doim to'ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilgan (ruschaga - «prinsipi ekonomiki» tarjima qilingan). Kitob boshidayoq fanning predmeti to'g'risida fikr yuritiladi. Bu fan inson jamiyatining normal hayot faoliyatini tadqiq qilish bilan shug'ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlarning farovanlikning moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog'liq bo'lgan sohani o'rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelson bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» bo'lib, iqtisod yoki maksimizatsiyani bildiradi. Unda ishlab chiqarish hajmlari optimal bo'lganda, sof foyda maksumumga erishuviga katta etibor qaratilgan. Tadqiqot metodida klassik maktab g'oyalariga vorislik mavjud bo'lib, ular yanada rivojlantiriladi. A.Marshall insonlarning iqtisodiy faoliyatini «sof» iqtisodiy nazariya pozitsiyasida turib, xo'jalikning ideal (benazir) modelini, «mukammal raqobat» tufayli bo'lishi mumkin bo'lgan tadqiq etdi. Ammo birqancha iqtisodiyotning mo'tadilligi (muvozanati) bilan bog'liq marjinal g'oyalar orqali u bu fanni «xususiy» hol, yani firma, soha (mikroekonomika) darajasida qaraydi. Bunday yondashuv olim yaratgan «Kembrij maktabi» va X1X asr oxiri - XX asr boshidagi ko'pchilik neoklassiklar uchun xosdir. Ammo shuni alohida takidlash kerakki A. Marshall o'zidan oldin o'tgan ortodoksal klassiklardan farqli ravishda, iqtisodiy kategoriyalarni «Isbot» talab etuvchi u yoki bu asosiy chegaralanishi maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Olim tadiqotlarida bozorda erkin baho shakllanish muammosi asosiy o'rinni egallaydi. Bunda bozor muvozanati yagona organizm sifatida, xo'jalik yurituvchi subyektlar chaqqan va bir-biri to'g'sida yaxshi ma'lumotga ega deb qaraladi. Bozor bahosi eng yuqori naf asosida aniqlanadigan talab bahosi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif bahosining kesishish natijasi deb qaraladi. Bu «Marshall xochi» deb yuritiladi, talab va taklifi chiziqlarining kesishganligining grafik (chizma) shaklidir. chiziqlar kesishgan joyda ular orasidagi muvozanat, yani muvozanatli, mo'tadil baho o'rnatiladi. Shu yerda olimning tovar qimmatining mohiyati to'g'risidagi g'oyasi xarakterlidir. Uning fikricha, qimmatni yaratishda naflik va ishlab chiqarish xarajatlari (qaychining ikki tig'i) birdek faoldir. U qaychini misol sifatida keltirib, qaychining qog'oz qirqanda qaysi (ustki yoki pasti) tig'i (lezviyasi) asosiy rolni o'ynaydi, deb savol beradi. Marshall tomonidan «istemol ortiqchaligi» tushunchasini kiritadi, bu haridor olishi zarur bo'lgan ilojsiz narsa uchun to'langan va amalda to'layotgan baholar o'rtasidagi farqdir, yani haridorning qo'shimcha talabini qondirishning iqtisodiy o'lchovidir. Ilk majinalistlarning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.48 KB
Ko'rishlar soni 414 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.48 KB
Ko'rishlar soni 414 marta
Ko'chirishlar soni 44 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga