Keynschilik va neokeynschilik J.M.Keyns g'oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch oqimga ajraldi, biz oqimlarni keynschilik deb ataymiz. Keyns ta'limoti ayniqsa AQSHda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklarning asarlarida bu g'oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to'liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stagnatsiya nazariyasi bilan to'ldirildi. Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat xarajatlarini o'stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek «me'yordagi inflyatsiya» ham taklif etiladi. E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini to'ldirdilar. Multiplikatorlar ta'siri keyingi qator davrlarda ham bo'ladi, yani uni uzluksiz jarayon deb qaradilar. Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o'sishni tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator prinsipini akseleratsiya prinsipi bilan to'ldirdilar. Bu prinsipga ko'ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o'sishi investitsiyalar o'sishiga olib kelishini ko'rsatuvchi koeffitsent (multiplikator tushunchasiga teskari). Multiplikator prinsipiga ko'ra investitsiyaning qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta'minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar esa investitsiyaning qanday ishlatilishiga katta etibor berib, industrlashgan investitsiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investitsiya o'sishining daromad o'sishiga, yani investitsiyadan keyingi va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi. Yangi prinsipning mohiyati shundaki, bazi bir asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan o'zoq vaqt talab etiladi, shu muddatni ko'tish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta'sir etadi, bu esa real talabdan ortiq bo'ladi va investitsiyaga talab ham ortadi. Multiplikator va akselerator g'oyalariga asoslanib iqtisodiyotning uzluksiz o'sish sxemasi ishlab chiqildi, uning asosida davlat kapital qo'yilmalari yotadi. Davlat byudjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiyot o'sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat to'lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o'sish davrida kamayadi. Shu yo'l bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi me'yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo'yilmalarini tartibga solish va davlat xarajatlarini sharoitga qarab o'zgartirish chegaralari ham belgilanadi. O'sish davrida davlat xarajatlarini cheklash, inqirozlar davrida uni oshirish va shu yo'l bilan xususiy xarajatlarni kompensatsiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni konyunkturani me'yorlashning eng yaxshi vositasi deb qaraladi (AQSHda harbiy xarajatlar doim yuqori bo'lishiga etibor bering). Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari Keyns g'oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g'oyalarini to'laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo'ldi. Bazilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz deb hisobladilar, bundan ko'ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda davlat yo'li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy manfaatlariga moslashtirish kerak deyiladi. Frantso'z ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.87 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
30.87 KB
Ko'rishlar soni
298 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx