Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli - rasmi

Material tavsifi

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Reja: Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi. Avtonom xarajatlar mul'tiplikatori. Retsession va inflyatsion uzilish. 1. Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari. Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat konsepsiyasiga ko'ra iqtisodiyotda fakatgina to'lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo'lishi mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko'ra mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda xar bir subyektning ishlab chiqarishi bir vaqtning o'zida boshqa subyektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo'ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko'ra AD ≠ AS holati ro'y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay kolgan, ya'ni AD AS holati ro'y bergan sharoitda xam baho, ish xaki va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi. Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish xajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to'lik bandlilgini ta'minlab turadi. Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o'ziga xos xususiyati pulning neytralligi prinsipini ko'zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga xech qanday ta'sir ko'rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya'ni oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko'ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik dixotomiya konsepsiyasida - ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida amal qiladi, ular o'rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali ta'minlab turadi deb hisoblanadi. Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini hamda to'lik bandlik sharoitini ta'minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo'lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng. iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi taklifni koplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan so'm tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta'kidlashadi. R S R I I, S I=S 14-chizma. Jamgarish-investitsiya grafigi. Agarda, tadbirkorlar uy xo'jaliklarining jamgarmalari miqdorida investitsiya qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo'lib koladi. Klassik iqtisodchilar ta'kidlashlaricha, kapitalizmning o'ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamgarma va investitsiyalarning tengligini ta'minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o'taydi (14-chizma). SHuning uchun xam to'lik bandlik mavjud bo'ladi. Bu iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.16 KB
Ko'rishlar soni 538 marta
Ko'chirishlar soni 154 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 40.16 KB
Ko'rishlar soni 538 marta
Ko'chirishlar soni 154 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga