Kichik biznes korxonalari faoliyatini rejalashtirish 1.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. 2.2. Rejalashtirish turlari. 2.3. Kichik biznes korxonalarini rejalashtirish tartibi. 2.4. Kichik biznes faoliyatini rejalashtirish bosqichlari va ularni takomillashtirish Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari Kichik va xususiy tadbirkor korxonalar o'z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi, xom-ashyo resurslari va materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, bajarilayotgan ishga, ko'rsatilayotgan xizmatga bo'lgan talablarni hisobga olib, taraqqiyot istiqbollarini belgilaydi. Rejalashtirish - bu mahlum davrda mo'ljallangan maqsadga erishish uchun bajarilishi zarur bo'lgan harakatlar, ishlar, tadbirlar, vazifalar va ularni amalga oshirish aniq tartibi. izchilligi, muddatlari. xarajatlarini aniqlash hamda ularni muvofiqlashtirish jarayonidir. Demak, bunday jarayon natijalari aks ettiriladigan hujjat reja yoki bizne-reja bo'lib hisoblanadi. Reja-bu mo'ljallangan maqsadga erishishni ta'minlaydigan o'zaro muvofiqlashtirilgan harakatlar, ishlar, vazifalar va ularni bajarish tartibi, izchilligi, muddatlari, sarf-xarajatlari batafsil aniqlangan va aks ettirilgan hujjatdir. Rejalashtirish boshqaruv va xo'jalik qarorlari qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo'lib, bu jarayon davomida tadbirkorlik faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari. tadbirkorlik muhitidagi o'zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo'yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni ro'yobga chiqarish uchun kerakli resurslar aniqlanadi. Tadbirkorlikda rejalashtirishning zaruriyati va ahamiyati quyidagi holatlarda namoyon bo'ladi: tadbirkorlik g'oyasi va ishini yaxshiroq tushunish va aniqroq tasavvur etish; tadbirkorlik g'oyasini ro'yobga chiqarishga ishonch hosil qilish; ishning istiqbolini aniqlash va prognoz qilish; -raaqsadlarni aniq ifudalash. shakllantirish. qo'yish; maqsadga erishish yo'llarini aniqlash. baholash. tanlash; maqsadga erishish uchun kerakli resurslar va ulaming manbalarini aniqlash; resurslarni samarali taqsimlash va yo'naltirish; mashul xodimlarga aniq vazifalar qo'yish; ish jarayonida uchrashi mumkin bo'lgan xavf-xatarlami oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash; tadbirkorlik strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; -olinadigan foydani samarali yo'naltirish va ishlatish; ishning borishini nazorat qilib borish; tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish. Bozor iqtisodiyoti rivojianib borgan sari rejalashtirishning ahamiyati ortib, zaruriyati sezilib boradi. Rejalashtirish jarayoni tadbirkor va uning xodimlarini mazkur ishning raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi aniq sharoitlar va omillarni tahlil qilishga majbur etadi. Natijada bizne-rejatuzishda ishtirok etuvchi tadbirkor va xodimlarga har tomonlama takomillashib borish va boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoniyatini beradi va shunday qilishga undaydi. Rejalarning turlari ko'p bo'lib, biz ularni quyidagicha tasniflashni lozim topdik: 1. Amal qilish muddati bo'yicha: 1 yilgacha muddataa tuziladigan qisqa muddatli reja (u joriy reja hisoblanadi); 1 yildan 5 yilgacha muddatga tuziladigan o'rta muddatli reja. 5 yil va undan ortiq muddatda tuziladigan uzoq muddatli reja (u ham istiqbolli reja hisoblanadi). 2. Maqsadi va xarakteri bo'yicha: strategik reja; operativ reja. 3. Miqyosi (ko'lami) bo'yicha: umumiy reja; xususiy rejalar; alohida rejalar. Strategik ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.99 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.99 KB
Ko'rishlar soni
200 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx