Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik faoliyatida biznes reja

Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik faoliyatida biznes reja

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik faoliyatida biznes reja - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida biznes-reja 2.1.Biznes- rejaning mohiyati, mazmuni va tuzish zaruriyati. 2.2.Tadbirkorlikda biznes- reja va uning tarkibi. 2. 3.Tadbirkorlikda biznes- rejani tuzish tartibi. 1.Biznes- rejaning mohiyati, mazmuni va tuzish zaruriyati. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish biznes-reja ishlab chiqish ja-rayonidan iborat bo'ladi. Biznes- reja faoliyatning barcha turdagi rejalarini - strategik va operativ rejalar, umumiy, xususiy va alohida rejalar, qisqa, o'rta va uzoq muddatli rejalarni o'z ichiga oladigan rejalar majmuyidir. Bizne-reja tadbirkorlik subyektining o'sib borish istiqbollarini ta'minlash, bozordagi mavqeyini ko'tarish, yangi mahsulotni o'zlashtirish va ishlab chiqarish, yuksak natijalarga erishish yo'llarini aniqlash va tanlashga xizmat qiladi. U tadbirkorga quyidagi masalalardayordam beradi: tadbirkorlik faoliyatining aniq yo'nalishi va turlari, maqsadli bozori va uerda o'rnini aniqlash; qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini belgilash hamda ularni ro'yobga chiqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; mo'ljallangan maqsad va vazifalarni amalga oshiradigan xodimlar, ularning salohiyati va taqdirlash tartibini aniqlash; ishlab chiqariladigan tovar (yaratiladigan xizmat) turlarini tanlash hamda taklif tarkibini belgilash; ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlash; talab va bozorni o'rganish, reklama va taqdimotlar o'tkazish, mahsulot sotishni tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilash; maqsadga erishish uchun kerakli moddiy-moliyaviy resurslarni baholash; uchrashi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularga tayyor bo'lish; o'z ishining borishini nazorat qilib borish. Tadbirkor biznes- rejadan ko'proq bozordagi vaziyatni baholash va unga mos strategiyani aniqlash, investorlarni topish va jalb etish uchun foydalanadi. Shuning uchun sifatli tuzilgan biznes-reja tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini taminlovchi vosita hisoblanadi. Biznes-rejaning muayyan vaqt mobaynida amal qilishi va bajarilishi investorlar va boshqa hamkorlar uchun juda muhimdir. Bizne-reja tadbirkorning biznes maqsadlarini belgilash va shu yo'nalishda rivojlanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. U biznesni butun sikli davomida yo'naltirib turadi, tahlil qilib borish va kerakli o'zgartirishlar kiritib borish uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Tadbirkorlikda biznes-reja tuzishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: tadbirkor imkoniyatlarini va bozor talabiga mos ravishda uning xo'jalik faoliyatini yaqin va uzoq muddatlarga rejalashtrish; ko'zda tutilgan natijalarga erishishning reallik darajasini aniqlash; mahlum shaxslar doirasiga yangi ishni tashkil etish yoki mavjud ishni qayta tashkil etishning maqsadga muvofiqligini isbotlab berish; mavjud yoki bo'lajak xodimlarni mo'ljallangan ko'rsatkichlarga erishish mumkinligiga ishontirish. Bizne-reja tashqi foydalanuvchilar uchun ham muhim hujjat hisoblanadi. Ular tadbirkorning biznes-rejasi bilan tanishib. ishning istiqbolli, tadbirkorning esa ishonchli ekanligini baholashlari va undan so'ng bir qarorga kelishlari mumkin. Shuning uchun ularning tadbirkorni moliyaviy va strategik qo'llab-quvvatlash bo'yicha qarorlari bizne-reja va uning tayyorlanishiga ham bog'liqdir. Kreditorlar, investorlar, hamkorlar uchun bizne-reja quyidagi aniq maqsadlarga xizmat qiladi: biznes (ish,g'oya)ning realligi va istiqbolligiga ishonch hosil qi- lish; mazkur ishdan manfaat ko'rishga ishontirish; beriladigan (qo'yiladigan) mablag'lar nima uchun va qanday ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.4 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.4 KB
Ko'rishlar soni 352 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga