Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish psixologiyasi

Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish psixologiyasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarish psixologiyasi 4.1. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning mohiyati va ahamiyati. 4.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni tashkil etish 4.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish psixologiyasi. 1.Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning mohiyati va ahamiyati Boshqaruv tadbirkorlikning tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi va uni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarishni zarur darajada yo'lga qo'ymay turib maqsadga erishib bo'lmaydi. Har bir tadbirkorlik subyekti o'ziga xos va mos boshqaruv tizimini - boshqaruvchi, boshqarish organi vositalari usullari strategiyasi, taktikasi, madaniyatini shakllantiradi. Uning qay tarzda va darajada shakllanishi va amal qilishi ko'p jihatdan rahbarga, yani tadbirkorga bog'liq. Shuning uchun tadbirkorlar boshqarish (menejment) asoslaridan xabardor bo'lishlari maqsadga muvofiqdir. Menejment inglizcha so'z bo'lib. uning asosida lotincha manus (qo'l) so'zi yotadi va uning ilk mahnosi otlarni boshqarishni anglatgan. Bu tushunchaning qo'llanish doirasi kengayib. hozirgi paytga kelib, butun iqtisodiyot va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Boshqarish (menejment) - mo'ljallangan maqsadga erishish uchun ishlarni. faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish. Hisob yuritish. nazorat va tahlil qilish, xodimlarni taqdirlash jarayonlari majmuyidir. XX asrning 80-yillarida menejment sohasida taniqli amerikalik olimlar P. Drukker va O.Toffler butun dunyo tajribasiga asoslanib, menejmentning XXI asr talablariga mos keladigan muhim tamoyillarini ishlab chiqqanlar. Ular quyidagilardan iborat. Boshqaruvning asosiy maqsadi inson bo'lishi kerak. Boshqaruvning asosiy vazifasi - odamlarni yagona maqsad sari jipslashtrish, ularning qobiliyatini ro'yobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir. Har bir insonning o'z qobilyati va imkoniyatlarini amalga oshirish-oshirmaslik ko'p jihatdan unga bo'lgan munosabatga, yani boshqaruvga bog'liqdir. Boshqaruvning milliylik xususiyatini hisobga olish. Yagona maqsad sari odamlarni bir jamoaga birlashtiradigan boshqaruv ularning millati va ular yashaydigan mintaqadagi madaniyati, milliy qadriyatlar va anhanalarni maksimal darajada ehtiborga olishi zarur. Hamma yerda menejerlar vazifasi bir xil bo'lsa-da, ularning bajarilishi milliy urf-odatlar va anhanalarga bevosita bog'liqdir. Boshqaruv korxona (tadbirkor) oldida turgan maqsadni aniq-ravshan qilib ifodalashi va qo'yishi zarur. Korxona (tadbirkor) oldida turgan vazifani va uni bajarish muddatini aniq belgilash esa qo'yilgan vazifani bajarishni osonlashtiradi. Korxona va uning ahzolarining doimiy takomillashib borishini ta'minlash. Mahlumki, jamiyat, hayot bir joyda turmaydi, undan orqaga qolmaslik uchun ro'y berayotgan o'zgarishlarga muvofiq ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirib, ishchilar mahoratini oshirib borish zarur bo'ladi. Bu esa boshqaruvning vazifasi hisoblanadi. Korxonada har bir ishchi-xodim o'z malakasi, bilimiga yarasha vazifani bajarishini ta'minlash. Shundagina yuqori sifat va unumdorlikka erishish mumkin. Korxona (tadbirkor) faoliyati va boshqaruv samarasini yagona bir ko'rsatkich bilan baholab bo'lmaydi va uni baholash har tomonlama yondashuvni taqozo etadi. Korxona (tadbirkor) erishadigan muvaffaqiyat nafaqat lining o'ziga, balki tashqi vaziyatga, bozorga ham bog'liqdir. Shuning uchun boshqaruvchilar bevosita mahsulot chiqarish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.19 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 32.19 KB
Ko'rishlar soni 252 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga