Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta'minlash

Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta'minlash

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta'minlash - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyati va kredit bilan ta'minlash 5.1. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish ahamiyati va manbalari. 5.2.Kredit mablag'lari va ularni berilish tartibi 5.3.Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta'minlash shakllari . 5.4.Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirishda lizningning o'rni 1.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish ahamiyati va manbalari Moliya keng mahnoda iqtisodiyot subyektlarining daromad va xarajatlari bilan bog'liq munosabatlaridir. Moliya obyekti pul mablag'lari, yani moliyaviy resurslar hisoblanadi. Tadbirkorlik moliyasi - bu tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo'lgan pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ishlatish munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Uning asosiy vazifasi: tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish; yuriish va rivojlantirishni pul mablag'lari bilan ta'minlash; pul oqimlarini samarali boshqarish hisoblanadi. Moliya xo'jalik jarayonlariga kuchli ta'sir ko'rsatadigan vosita bo'lib, bir tomondan, tadbirkorlik subyektlari va ikkinchi tomondan, davlat organlari, idoralari va muassasalari hamda boshqa korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish va ular o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda katta rol o'ynaydi. Tadbirkorlikning moliyaviy resurslari uning pul mablag'laridir. Tadbirkorlik faoliyatida xilma-xil va murakkab o'zaro iqtisodiy aloqalar pul mablag'lari yordamida amalga oshiriladi. Pul mablag'lari vositasida takror ishlab chiqarishning bir fazasidan boshqa fazasiga o'tiladi hamda maqsadli jamg'armalar shakllantiriladi. Bular ishlab chiqarish va umuman. tadbirkorlik faoliyatini uzluksiz yuritish va kengaytirish garovi bo'lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash deganda uni pul mablag'lari bilan ta'minlash tushiniladi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash ikki xil manbadan - ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi. (1 - chizmaga qarang). Moliyalashning ichki manbai bo'lib: tadbirkorlik subyektining o'z mablag'lari nizom sarmoyasi tarkibidagi pul mablag'lari, faoliyatdan olinadigan foyda, amortizatsiya jamg'armasi, tekinga berilgan mablag'lar kiradi. 1-chizma.Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash Tadbirkorlik subyekti yuridik shaxs ko'rinishida tashkil etilganda nizom sarmoyasi shakllantiriladi. Bu sarmoyaning hammasi yoki bir qismi pul mablag'lari bo'lishi mumkin. Mazkur mablag'lar nizomda belgilangan miqdorda shakllantiriladi va asosiy vositalar sotib olish, aylanma mablag'larni shakllantirish uchun ishlatiladi, yani ishlab chiqarish vositalariga joylashtiriladi. Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foyda bo'lib, u foydadan to'lanadigan majburiy to'lovlarni amalga oshirish, ayrim qarzlarni qaytarish va faoliyatni rivoj- lantirish uchun ishlatiladi. Amortizatsiya jamg'armasi mablag'laridan asosiy vositalarni qurish, sotib olish, tahmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun foydalaniladi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalariga: Kreditorlar; Investorlar; Ijarachilar; Sug'o'rta; Lizing va boshqa tuzilmalar kiradi. Kerakli resurslar tashqi manbalardan turli tijorat shartlari asosida jalb qilinib ishlatiladi, ayrimlari sotib olinadi (xomashyo, materiallar, energiya va suv resurslari, yoqilg'i-moylash materiallari, texnika, texnologiya); ayrimlari ijaraga va lizingga olinadi (asosiy vositalar, yer); ayrimlari esa qarzga yoki kreditga olinadi (moliyaviy resurslar). Bunday resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanishning tadbirkor uchun muhim jihatlari quyidagilar hisoblanadi: resurslarning har bir turiga nisbatan o'z ehtiyojini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.84 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 54.84 KB
Ko'rishlar soni 171 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga