Kichik biznes va va xususiy tadbirkorlik faoliyatida bankrotlik 7.1. Bankrotlik - raqobat kurashining obyektiv hodisasidir. 7.2.Kichik biznes korxonalarini inqirozga uchrashining asosiy sabablari. 7.3.Kichik biznes xo'jalik yurituvchi subyektlarni tugatish va qayta tashkil qilish shart - sharoitlari. 1. Bankrotlik - raqobat kurashining obyektiv hodisasidir. Bankrotlik - bu xo'jalik sudining qarori bilan kichik biznes subyektning iqtisodiy qashshokligi, uni qarz majburiyatlari bo'yicha to'lovga qobiliyatsizligini oshkora ehlon qilinishi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kurashi natijasida vujudga keladigan oddiy holat bo'lib, unda nochor tadbirkorlik tizimi o'zining xo'jalik faoliyatini to'xtatadi. Bankrot - bu jismoniy yoki yuridik shaxs (xo'jalik yurituvchi subyekt), xo'jalik sudi qarori bilan iqtisodiy qobiliyatsiz korxonani qarzdor deb atalishidir. Ikkinchi variant amaliyotda tadbirkorlik tarkibini sog'lomlashtirish (san'atsiya) usuli sifatida ishlatilishi mumkin. san'atsiya (lotincha - davolash, sog'lomlashtirish mahnosini bildiradi)-bu-sanoat, savdova boshqa korxonalarini bankrotlikdan saqlab qolish uchun yirik banklar va davlat tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar tizimidir. Bankrotlik qarzdor va kreditorlar orasida qarzlarni to'lash to'g'risida tinchlik yo'li bilan kelishish imkoni ko'zda tutadi. Tinchlik yo'li bilan kelishuvning qarorini kreditorlarning umumiy majlisida qabul qilinadi va xo'jalik sudi tasdiqlaydi. Bankrotlik zamini - bu mahlum haqiqiy holat bo'lib, uni aniq sharoitni hisobga olib baholash zarur. Yomon niyat va qalbaki bankrotlik muammosini qo'shimcha ravishda qayta qo'rib chiqish talab etiladi. 2. Kichik biznes korxonalarining inqirozga uchrashi sabablari Xorijiy davlatlardagi korxonalarning oyoqqa turishi va taraqqiyotiga oid tajribalardan kelib chiqqan holda shuni aytish kerakki, kichik biznes korxonalari moliyaviy krizisi va bankrotligining sabablari -bu talabni qisqarishi, ishlab chiqarish hajmini pasayishi, uni izdan chiqishi va mahlum boshqaruv tizimining yo'qligidir. Kichik biznes korxonalari bankrot bo'lish imkonini baholashda quyidagi ko'rsatgichlar nisbatini tahlil qilish zarur: barcha aktivlarga oborot kapitalini nisbati; qarzlarni aksionerlik kapitalga nisbati; barcha passivlarni barcha aktivlarga nisbati; asosiy kapitalni aksionerlik kapitaliga nisbati; sof foydani barcha aktivlarga; operatsiyalardan kelib tushadigan naqd pullarni barcha passivlarga nisbati; sof foyda plus kredit bo'yicha foizni kredit bo'yicha foizlarga nisbati. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 24 iyun 2005yda qabul qilingan Tadbirkorlik subyektlarining xo'jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to'g'risida Farmonida quyidagilar belgilab qo'yildi - birinchidan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, shuningdek Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalariga to'lovlar kamroq tushishiga olib kelmaydigan huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat mahmuriy javobgarlik choralari ko'llaniladi; ikkinchidan, materiallar sud instansiyalariga topshirilgan hollarda, tadbirkorlik subyekti soliqlar, yigimlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lamaganlik uchun sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli etkazilgan zararning o'rnini bir oy mobaynida ixtiyoriy ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya to'lagan tadbirkorlik subyekti moliyavii sanksiyalar ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.69 KB
Ko'rishlar soni
335 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.69 KB
Ko'rishlar soni
335 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx