Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili 6.1Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. 6.2.Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari. 6.3 Mahsulot tannarxini pasaytirishning yo'llari. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har bir korxonaning ish faoliyati tijorat sirini tashkil etadi. Tijorat siri qonun bilan muhofaza qilinadi. Shu bilan korxonada korxona faoliyatini etarli darajada to'liq qilib beradigan hisob va hisobot tizimi tashkil etiladi. Bu tizim yetkazib digan axborot, bir tomondan, korxonaning iqtisodiy natijalarini shashtirish, nazorat va tahlil etish uchun zarur bo'lsa, ikkinchi tomondan, qonunchilik belgilab bergan tartibda va chegaralarda tashqi foydalanuvchilar (soliq inspeksiyasi, statistika organlari, banklar, kreditorlar va boshqalar)ga taqdim etiladi. Korxoia iqtisodiy faoliyatini tahlil etish kichik biznes uchun muhim ahamiyatga ega. tahlil natijalariga suyanib, korxona faoliyatiga tezkor tuzatishlar kiritiladi, avval belgilab olingan vazifalarning rilishi darajasiga baho beriladi, korxona faoliyati istiqbollarini ravishda aniqlab olinadi. Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil etish uchun tadbirkor ishlab chiqarish texnologayasi haqidaga bilimlar bilan qatorda chuqur iqtisodiy bilimlarni egallagan bo'lishi lozim. Masalan, buxgalteriya hisobi mahlumotlaridan foydalana olish uchun tadbirkor zarur darajada bilim olishi lozim, korxona moliyaviy ko'rsatkichlari esa tadbirkordan moliya fanlari bo'yicha bilimlarni talab qiladi. Korxona faoliyati tahlili birinchi navbatda aniq ichki maqsadlarni ko'zlaydi: xarajatlarni tejash; resurslardan oqilona foydalanish; mahsulotni yaxshilash; ishlab chiqarish hajmini hamda; foydani oshirish va boshqalar. Shu bilan birga, korxona faoliyatining tashqi maqsadlarga qaratilganligi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda korxonaning tarmoq yoki regiondagi, bozordagi o'rni, raqobatbardoshligi, korxonaning iqtisodiy hamkor va o'z sheriklari uchun qanchalik darajada ishonchli ekanligi birinchi qo'yiladi. Korxona faoliyatining ichki tahlili korxonada boshqaruvni tashkil etish jarayonida keng qo'llanadi. Tashqi tahlil esa aksiyadorlar va korxonaga ulush qo'shgan boshqa mulkdorlar, ijroiya organlari va mahalliy hokimiyat organlari, korxonaning kreditorlari uchun zarur xulosalarni yetkazib beradi. Korxona faoliyatini tahlil etish mazmunan o'z tarkibiga quyidagilarni oladi: Korxona faoliyatining tahlil etilayotgan sohasida tahlil etish o'z qanday vazifa yoki maqsadni qo'yayotganligini aniq belgilab olish. tahlil etilayotgan oboektning sabab-oqibat aloqalari xarakterini oydinlashtirib olish va bu aloqalarni tadqiq etish uchun zarur usullarni va ko'rsatkichlarni tanlash. obyekt uchun xos bo'lgan natijaviy ko'rsatkichga taosir etayotgan omillar yoki sharoitlar taosirining yo'nalishi va miqdorini aniqlash. Mazkur omillar taosirini kuchaytirayotgan yoki zaiflashtirayotgan sabablarni aniqlash va tadqiq etish. Ijobiy omillar ta'sirini kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar va xulosalar ishlab chiqish. Ichki maqsadlardagi korxona faoliyati tahlili quyidagi vazifalarni bajarishga qaratiladi: ishlab chiqarish samaradorligani oshirishning ijobiy va salbiy omillarini aniqlash va baholash; samaradorlikni oshirish; rezervlarini ishga solishga ko'maklashish; korxonaning yaxlit faoliyatiga hamda uning bo'linmalari faoliyatiga obyektiv baho berish; har bir xodimning, har bir ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.82 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 29.82 KB
Ko'rishlar soni 375 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga