Kiyimlarga qo'yiladigan talablar va ularning iste'mol xususiyatlari Tikuvchilik va trikotaj sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan, savdo larmoqlarida aholiga sotiladigan kiyimlar (paltolar, yarim paltolar, ko'ylaklar. kostyumlar, plashlar, ichki kiyimlar va boshq.). bu guruhga kirmaydigan buyumlar (ko'rpa-to'shak matolari, sochiq-dasturxon va boshq.) hamda bosh kiyimlar kiradi. Tikuvchilik tovarlarining aksariyat qismini kiyimlar tashkil etadi. Respublikamizning tikuvchilik va trikotaj sanoati kundan-kunga rivojlanib va taraqqiy etib bormoqda. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan tikuvchilik va trikotaj tovarlari assortimenti kengayib, sifati esa yaxshilanib bormoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng Respublikamiz yengil sanoati, jumladan, to'qimachilik va tikuvchilik sanoatini rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. To'qimachilik hamda tikuvchilik korxonalarining aksariyat qismida zamonaviy texnologiyalarni qo'llash yo'lga qo'yildi, rivojlangan mamiakatlardan fan va texnika yutuqlari talablariga javob beradigan yangi-yangi asMA'RUZA-uskunalar keltiritib, eskilari o'rniga o'rnatildi. Undan tashqari, mamlakatimiz aholisini to'qimachilik va tikuvchilik sanoati tovarlariga bo'lgan ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirish. ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifalini yaxshilash hamda jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ko'pgina rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya. Italiya, Turkiya, Rossiya va boshq.) bilan qo'shma korxonalar «Supertekstil», «Asan-Tekstil», «Kabul-O'zbek KOLTD», «Gurlan» OTAJ, «Elteks AJ», «Kashteks», «Atlas» XJ, «Jambul LTD» va boshq.) tuzildi va ular hududlarda (Toshkent, Namangan, Qarshi, Gurlan, Samarqand va boshq.) faoliyat ko'rsatib kelishmoqda. Bundan tashqari, Toshkentdagi «Malika» trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqanddagi «Bofanda» trikotaj birlashmasi (ichki trikotaj matolari va bolalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarish), Buxoro trikotaj birlashmasi (bolalarning ustki trikotaj buyumlari va xotin-qizlarning ustki kiyimlari ishlab chiqarish) va Andijon trikotaj birlashmasining (ichki kiyimlar ishlab chiqarish) mahsulotlari aholini sifatli trikotaj buyumlari bilan ta'minlashda muhim rol o'ynamoqda. Hozirgi paytda trikolaj buyumlarining ko'p miqdori kichik va o'rta mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab tayyorlanmoqda. Odam o'lchamlari bo'yicha turkumlanishi (tipologiyasi). Ommaviy sharoitda ishlab chiqarilgan kiyimlar kishining tanasiga o'lchami (razmeri) va shakli bo'yicha mos kelishi kerak. Biroq sanoatda har bir iste'molchi uchun alohida kiyimlar ishlab chiqarishning iloji yo'q, chunki har bir kishining tana tuzilishi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Shuning uchun korxonalar ko'proq tez-tez uchrab turadigan kiyimlarning standart (tipovoy) o'lchamdagi (variantlarini) chegaralangan miqdorini ishlab chiqaradi. Aylana - bu gavda, bo'yin, bosh va har xil qismlar perimetrlari (yig'indisi)dir. Uzunlik o'lchamlari (uzunligi, oralig'i, balandligi) gavda (tana) va uning alohida bo'laklari (qismlari) uzunligi bilan aniqlanadi. LJlarga gavdaning umumiy uzunligi, qo'lning uzunligi, bo'yinning umurtqadan belgacha bo'lgan masofasi va boshqalar kiradi. Ko'ndalang o'lchamlar gavdaning ayrim qismlari kengligini tavsiflaydi. Masalan, yelka, ko'krak kengligi hamda hokazo. Kiyimlar ishlab chiqarishda razmer, bo'y va tolalik o'lchamli belgilarning eng muhimlari deb qabul qilingan. Razmer ko'krak qafasi aylanasi miqdorining yarmi yoki to'laligi bilan sra. larda aniqlanadi. Standartlar bo'yicha quyidagi razmerlar qabul qilingan: erkaklar: 88-92, 124-128; ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:42 ]
Arxiv ichida: docx