Korxona - mustaqil xo'jalik yurituvchi bozor subyekti

Korxona - mustaqil xo'jalik yurituvchi bozor subyekti

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Korxona - mustaqil xo'jalik yurituvchi bozor subyekti - rasmi

Material tavsifi

Korxona-mustaqil xo'jalik yurituvchi bozor subyekti (2 soat) Reja: 2.1. Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo'jalik subyekti tarzidagi maqsadi va vazifalari. 2.2. Korxonani boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari. 2.2. Korxonani tashkil etish tamoyillari va tartib-qoidalari. 2.1. Korxonaning bozor iqtisodiyotining xo'jalik subyekti maqsadi va vazifalari Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o'z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o'z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan. Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Korxonaning, mohiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jihatlariga qarab tarmoqlarga bo'linadi. Masalan: og'ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko'rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o'z ichiga oladi. Korxonaning asosiy maqsadini ikki yo'nalishdan iborat ekanligini takidlash zarur. Birinchisi foyda yoki daromad olish uchun faoliyat yuritishligi bo'lsa, ikkinchisi talabni (ehtiyojni) qondirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki bu maqsadlarni har biriga erishish ikkinchisisiz amalga oshmaydi. Ushbu maqsadlarga erishish korxonadan bir qator boshqa maqsadlarni amalga oshirishini talab qiladi. Ular qatoriga texnik, ijtimoiy va ekologik maqsadlarni kiritish mumkin. Talabga va standartga javob beradigan mahsulot yaratish hamda ishlab chiqarish va texnik rivojlanish programmalarini amalga oshirish uchun texnik maqsadlar qo'yiladi. Ularga eng avvalo tovar yoki mahsulotni yaratish va tayyorlash, ularning sifat ko'rsatkichlarini standartga moslash, ishlab chiqarish salohiyatini saqlash va rivojlantirish va hoka'zolar kiradi. Ishchi-xodimlar, ularning oilasi va jamiyat tamoyillaridan kelib chiqib, korxonaning oldiga ijtimoiy maqsadlar qo'yiladi. Tabiat va jamiyatni muhofazasini ta'minlash har xil ko'rinishdagi ofatlarni (yonilg'i, suv toshqini, yer qimirlashi va h.k.) oldini olish uchun tegishli ekologik maqsadlar amalga oshiriladi. Korxona yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni bajarishi kerak. Bular qatorida quyidagi asosiylarini ko'rsatib o'tamiz. Boshqaruv vazifasi, texnik-texnologik, ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqotlar, xo'jalik aloqalair, davlat bilan munosabatlar, informatsion ta'minot, moddiy-texnik ta'minot, ishchi kuchi ta'minoti, ijtimoiy, ekologik va hokazo vazifalar. Sanoat korxonalari xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini ilg'or, zamonaviy texnika bilan qurollantiradi. Qishloq xo'jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa sohalarning texnik-iqtisodiy darajasi aynan sanoatning rivojlanish darajasiga bog'liqdir. Sanoat tarmog'ining yanada rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotining kuchayishida muhim omil hisoblanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda xalq istemoli buyumlarini ham ishlab chiqaradi va aholi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardir: - bozorni har tamonlama o'rganish asosida mavjud mahsulot (ish, xizmat)larga bo'lgan va kelajakda paydo bo'ladigan talabni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.79 KB
Ko'rishlar soni 388 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 61.79 KB
Ko'rishlar soni 388 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga