KORXONA (FIRMA) SARF-XARAJATLARI VA FOYDASI. ISh HAQI VA mehnat MUNOSABATLARI Reja: Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi. Qisqa va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o'zgarish tamoyillari. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari. Ish haqining iqtisodiy mazmuni. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli. Tayanch iboralar: ishlab chiqarish xarajatlari, ichki va tashqi xarajatlar, doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar, o'rtacha xarajatlar, qo'shimcha xarajatlar, to'g'ri va egri xarajatlar, iqtisodiy yoki sof foyda, foyda normasi, ish haqi, vaqtbay ish haqi,ishbay ish haqi, nominal va real ish haqi, ta'rif tizimi, ta'rif-malaka ma'lumotnomalari, ta'rif setkasi, ta'rif stavkasi, mehnat shartnomalari, kasaba uyushmasi. 8.1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o'z faoliyati natijalaridan ko'proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o'zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq qilishda ikki xil nuqtai-nazardan - klassik va neoklassik yoki zamonaviy yondoshish mavjud. Klassik nazariya yondashuviga ko'ra, ishlab chiqarish xarajatlari - bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir. Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari. Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari - bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushgannligini ko'rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo'ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, yani: w = c + v + m, bu yerda: w - ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s - doimiy kapital; v - o'zgaruvchi kapital (ishchi kuchi) xarajatlari; m - qo'shimcha qiymat. Korxona (firma) mahsulotining ishlab chiqarish xarajatlari - bu korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilingan barcha sarflari yig'indisidir: k = s + v. Uning tarkibiga xomashyo va materiallar, amortizatsiya, ish haqi va boshqa sarflar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug'o'rtaga ajratmalari, foiz to'lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo'lib o'rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
159.69 KB
Ko'rishlar soni
768 marta
Ko'chirishlar soni
119 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:42
Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
159.69 KB
Ko'rishlar soni
768 marta
Ko'chirishlar soni
119 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:42 ]
Arxiv ichida: doc, docx