Korxona tushunchasi, belgilari, shakllari va turlari Jamiyatda uchta asosiy iqtisodiy subyektlar tovar-pul munosabatlariga asosan aloqa qilib turadi. Bular davlat, korxona va uy (oila) xo'jaligidir. Bularning munosabatlari ikki tomonlama xarakterga ega bo'ladi. Davlat bilan bozor subyektlarining munosabatlari asosan qonunlar, qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi, lekin xo'jalik aloqalari (oldi-sotdi) shartnomalar, kelishuvlar, davlat buyurtmalari, kontraktlar, davlat subsidiyalari orqali amalga oshiriladi. Bozor subyektlari (korxona, uy xo'jaligi)ning aloqalari, munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bozor tizimida iqtisodiy subyektlarning bir-biri bilan oldi-sotdi munosabatlarining predmetlarini keltiramiz (1.2.1-jadval). 1.2.1-jadval. Bozor subyektlarining oldi-sotdi predmetlari Xo'jalik faoliyati bilan, xo'jalik ishlari bilan har bir shaxs, fuqaro qadimdan shug'ullanib kelgan. Ular o'z o'zini ta'minlash masalasini hal qilish bilan shug'ullanishadi. Bunday xo'jalik yuritish shakliga uy (oila) xo'jaligi deb yuritiladi va u jamiyatning birlamchi, boshlang'ich bo'g'inidir. Ularning belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. shaxsiy ehtiyojni qondirish, ular ishlab chiqargan narsasini o'zi yoki oilasi istemol qiladi, ular ishlab chiqaruvchi va iste'molchi hisoblanadilar. Hozirgi zamonda uy (oila) xo'jaliklari ortiqcha mahsulotlarini sotish uchun bozorga ham chiqaradi. Bunday hollarda oila xo'jalik faoliyatidan qo'shimcha daromad manbai sifatida foydalaniladi va ular qisman jamiyatni, boshqalarni ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilgan hisoblanadi. Bunday holda uy xo'jaligining mahsuloti tovar shakliga aylanadi; 2. Ular faoliyatida shaxsiy mulkidan foydalanadi (ayrim hollarda kredit yoki ssudalardan foydalanishi ehtimoldan holi emas); 3. O'z ish kuchini ishlatishadi, yollanma ishchi kuchidan foydalanilmaydi; 4. Faoliyatida ishlatiladigan barcha resurslardan samarali foydalanishga va ko'proq mahsulot ishlab chiqishga intilishadi; 5. Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmaydi, ularga hokimiyatdan ruxsatnoma olish shart emas; 6. Faoliyat yuritishda mustaqil qarorlar qabul qiladi; va nihoyat, ular o'z tavakkalchiligi asosida ish yuritadi. Jamiyatning asosiy bo'g'inini, ishlab chiqarish va xizmatni bozor va jamiyat uchun amalga oshiruvchi, o'z xo'jalik faoliyatini o'z ehtiyojini (talabi) uchun emas, tashqi, boshqalar ehtiyojini (talabini) qondirishga yo'naltiruvchi korxonalar tashkil qiladi. Bunday hollarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy, ommaviy xarakter olib, ular nafaqat o'zi yoki oilasi uchun, balki boshqalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy maqsadni ko'zlab ishladilar. Shuning uchun ham korxona ta'rifini yoritish uchun, uning mazmuniga har tamonlama yondashish zarur. Korxona iqtisodiyotiga bag'ishlangan adabiyotlarda bu masalaga yaxlit yondashuv mavjud bo'lib, uning mazmuniga tashkiliy-iqtisodiy, huquqiy nuqtai nazardan, hamda korxonaning jamiyatda tutgan o'rni, mavqeiga qarab yondashish tavsiya qilinadi. tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo'lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida tashkil qilinib, mahsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining, bozorning talablarini qondirish va foyda olish maqsadida yoki sotsial ahamiyatga ega bo'lgan funksiyasini bajarishdir. Shunday qilib korxona xo'jalik subyekti bo'lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishdan kelib chiqadi. ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.75 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.75 KB
Ko'rishlar soni
300 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: doc