«Korxonalar iqtisodiyoti va menejment» kursining iqtisodiyotdagi ahamiyati va iqtisodiy fanlar tizimidagi o'rni Insoniyat faoliyati va hayoti moddiy borliqga bog'liqdir. Inson yashash uchun nimaiki qilsa, doimo chegaralangan moddiy boyliklar muammosiga duch keladi. Insonning oliy maqsadi yaxshi yashash, lekin havodan tashqari hamma narsa chegaralangan. Ulardan ratsional foydalanish doimo inson ongi oldida ko'plagan siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, texnologik, ekologik va hakozo muammolarni qo'yadi. Bu muammolar yakka insondan tortib, korxona, firma, ularning birlashmalari, umuman region, davlat iqtisodiyoti miqiyosiga taalluqlidir. Shuning uchun ham inson paydo bo'lgandan tortib, uning bilan moddiy borliq o'rtasida doimo munosabat, kurash mavjuddir. Shuning asosida, xo'jalik yuritish, uni boshqarish to'g'risida insoniyat doimo fikr yuritib u to'g'risida bilimlar tizimini yaratib kelgan. Shunday bilimlar tizimi fan deb yuritiladi. Fan - bu insoniyat tarixida to'plangan tabiat, jamiyat va fikrlash to'g'risidagi bilimlar tizimidir. Shu bilimlar asosida insoniyat tabiatni sirlarini, jamiyat mummolarini ichiga kiradi, o'rganadi va o'z hayotiga moslashtiradi. Har qanday odamni oldida yosh bolaligidan savol to'g'iladi, osmon, yer, oy, yulduzlar qanday vujudga kelgan? Kim yaratgan? Bu savollarga javob allohning payg'ambarlarga yuborgan kitoblarida aniq javob bor. Lekin insonning moddiy borliq bilan munosabatlari, iqtisodiy muammolarni insoniyat o'zi to'plagan, yaratgan bilimlar tizimi orqali hal qilishi lozim. Umuman ibtidoiy jamiyat rivojlanib ibtidoiy jamoalar o'rtasida tovar almashish munosabatlari shakllana boshlanishi bilan insonlar iqtisodiyot to'g'risida fikr yurita boshlagan. Chunki insonlar narsa (go'sht, bug'doy, kamalak, bolta kabi) to'g'risidagina o'ylab qolmay, ular narsalar, mahsulotlar orqali o'zaro munosabatlar to'g'risida, yani iqtisodiy, moddiy munosabatlar to'g'risida fikr yurita boshlaganlar. Asta sekin insoniyat hayotidagi munosabatlar chuqurlashib, ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida alohida tarmoqlar, shu jumladan tijorat sohasi vujudga kelgan. Shu sababli insoniyat jamiyati kabi iqtisodiyot ham o'z tarixiga ega. Tijoriy fikr yuritishlar (tarixiy hujjatlardan malumki) eramizdan 300-200 yillar oldin boshlangan bo'lib, uni savdogarlar tomonidan qilingan hisobiy yozuvlar bizlargacha etib kelgan arxiologik topildiqlar (loydan qilingan taxtachalardagi hisob-kitob yozuvlari) tasdiqlaydi. Qadimiy Sharqda eramizdan 300 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi, pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O'zbek tilidagi «Iqtisod» so'zi Grekcha «Oikonomika» (ekanomika), yani «Oikos» - uy, xo'jalik va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so'zlar birlashmasidan olingan bo'lib, uy xo'jaligini yuritish Qonuni mazmunini bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o'rganadigan kategoriyalar qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo'lgan asarlarda uchraydi (Sokrat, Kesnofont, Platon, Aristotel, Epikur). Quronning Yusuf surasida berilgan ma'lumotlar bo'yicha eramizdan 300 yillar oldin Yusuf payg'ambar Misr shohiga: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo'ying. Chunki men (ularni) to'la to'kis saqlaydigan va to'g'ri tasarruf qilishni biladigan kishiman» deb ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.88 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
76.88 KB
Ko'rishlar soni
205 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: doc