Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvati (2 soat) Reja: 3.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi. 3.2. Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi. 3.3. Asosiy fondlar amartizatsiyasi va ulardan foydalanish ko'rsatkichlari. 3.4. Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash. 3.1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va tartibi Korxonalarning asosiy belgisi ularning o'zlariga tegishli mulkning mavjudligidir. Aynan shu narsa korxonalarning moddiy- texnik imkoniyatlarini belgilab beradi hamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini ta'minlaydi. Muayyan mulkdan foydalanmasdan hech bir korxona o'zining xo'jalik faoliyatini amalga oshira olmaydi. Korxonalar egalik qiladigan mulk ko'chmas va ko'chirib bo'ladigan mulklarga ajraladi. Ko'chmas mulkka yer uchastkalari, yer osti boyliklari, maxsus suv obyektlari va umuman yer bilan bog'liq bo'lgan buzilmas narsalar, shu jumladan o'rmonlar, ko'p yillik daraxtlar, inshootlar, binolar kiradi. Ko'chirib bo'ladigan mulkka ko'chmas mulkka kirmaydigan narsalar hamda pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlar kiradi. Korxona mulkini aylanma aktivlar va uzoq muddatli aktivlarga ham ajratish mumkin. Bunda korxona mulkining nafaqat ijtimoiy ko'rinishi balki ishlab chiqarish jarayonidagi roli, ahamiyati va korxona iqtisodiyotiga ta'siri ham hisobga olinadi. Uzoq muddatli aktivlar yirik va o'rta korxonalar mulkining 65-85% ini tashkil qiladi. Uning tuzilishi 3.1-chizmada keltirilgan. 3.1-chizma. Uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi Uzoq muddatli aktivlar korxona xo'jalik faoliyatida uzoq muddat mobaynida qatnashadi. Bu amortizatsiya jarayonining davomiyligi va aylanma tezligining sekinligi bilan bog'liq. Shuning uchun ular uzoq muddatli yoki sekin aylanadigan aktivlar yoki immobilizatsiya fondlari deb ataladi. Korxonalarda uzoq muddatli aktivlarning tuzilishi va tarkibi bir-biridan jiddiy farq qiladi. Biroq, barcha korxonalar uzoq muddatli aktivlari tarkibida asosiy fondlar salmoqli hissani tashkil etadi. Asosiy fondlar - bu moddiy (ashyoviy) boylik bo'lib, o'zining tabiiy ko'rinishi, uzoq vaqt mobaynida o'zgartirmaydi hamda qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga qismlab o'tkazadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari umumiy ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati, mehnatning qurollanganlik darajasi asosiy ishlab chiqarish fondlarining hajmiga bog'liq. Asosiy fondlarning va mehnatning qurollanganlik darajasining oshishi mehnatga ijodiy xarakter bag'ishlaydi va jamoaning madaniy - texnik darajasini oshiradi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida asosiy fondlar ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi, iqtisodiy o'sishni taminlovchi barcha omillar ichida asosiy o'rinni egalaydi. Asosiy fondlar jamiyat moddiy resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning 65% dan ko'prog'i asosiy ishlab chiqarish fondlariga to'g'ri keladi. 3.2. Ishlab chiqarish vositalari va ularning tavsifi Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko'ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo'linadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o'zining amal qilish sikli davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma - bosqich eskirib, o'z qiymatini ishlab chiqarilayotgan ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.94 KB
Ko'rishlar soni
488 marta
Ko'chirishlar soni
78 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.94 KB
Ko'rishlar soni
488 marta
Ko'chirishlar soni
78 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: docx