Korxonaning aylanma mablag'lari (2 soat) Reja: 4.1. Aylanma fondlar tavsifi va tarkibi. 4.2. Aylanma fondlarning aylanish bosqichlari. 4.3. Aylanma fondlardan foydalanish ko'rsatkichlari. 4.1. Aylanma fondlar tavsifi va tartibi Malumki, ishlab chiqarish vositalari (yani mehnat predmetlari va mehnat vositalari) takror ishlab chiqarish jarayonida tutgan o'rniga va ayrim xususiyatlariga qarab asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Aylanma aktivlar ham korxona mulki hisoblanib, ular aylanma fondlar va muomala fondlarining pul shaklidagi yig'indisini ifodalaydi. Uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta'minlash uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan bir qatorda mehnat predmetlari (moddiy resurslar) zarur bo'ladi. Mehnat predmetlari mehnat vositalari bilan birgalikda mehnat mahsulotini, uning istemol qiymatini yaratishda va qiymatning shakllanishida qatnashadi. Mehnat predmetlari ishlab chiqarishning bir siklidagina qatnashadi va o'zining natural shaklini o'zgartiradi, qiymatini to'liq yangidan yaratilgan mahsulotga o'tkazadi. Mehnat predmetlari to'liq, mehnat vositalarining ayrimlari (xizmat muddati va qiymatiga ko'ra) aylanma fond tarkibiga kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarining aylanma fondlari ishlab chiqarish va muomala doirasiga ajratilgan bo'lib, shunga muvofiq ular muomala va aylanma ishlab chiqarish fondlarini hosil qiladi. Birinchisiga sotish uchun mo'ljallangan tayyor mahsulotlar, korxona kassasidagi va uning tijorat bankidagi schyotida saqlanayotgan pul mablag'i hamda hisob-kitoblardagi mablag'lar kiradi. Ikkinchisiga esa ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona o'zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi. Aylanma ishlab chiqarish va muomala fondlari takror ishlab chiqarishning uzluksiz bo'lishligini ta'minlaydi. Ularning miqdori va tarkibi nafaqat ishlab chiqarishning ehtiyoji, shu bilan birgalikda muomala ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishlab chiqarish va muomala fondlari zahiralarini shakllantirish uchun mo'ljallangan pul mablag'lari korxonaning aylanma mablag'i deyiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o'zgartirib, o'z qiymatini to'lig'icha tayyor mashsulot tannarxiga o'tkazadi. Korxonaning aylanma ishlab chiqarish fondlari uch qismdan iborat: - ishlab chiqarish zahiralari; - tugallanmagan ishlab chiqarish va o'zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar; - kelgusi davr xarajatlari. Ishlab chiqarish zahiralari - bu ishlab chiqarish jarayoniga kiritish uchun tayyorlangan mehnat predmetlaridir. Ular xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'i, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, idish va idish materiallari, asosiy fondlarni joriy ta'mirlash uchun ehtiyot qismlardan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish va o'zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar - bu ishlab chiqarish jarayoniga kirgan mehnat predmetlari: materiallar, detallar, ishlov yoki yig'ish jarayonidagi buyumlar, shuningdek korxonaning bir tsexida oxirgacha ishlab chiqarilmagan va keyinchalik shu korxonaning boshqa tsexlarida ishlanishi lozim bo'lgan yarim tayyor mahsulotlar. Kelgusi davr xarajatlari - bu aylanma fondlarning nomoddiy elementlari bo'lib, ular joriy davrda amalga oshirilgan, lekin kelgusi davr mahsulotiga taalluqli bo'lgan yangi mahsulotni tayyorlash ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.3 KB
Ko'rishlar soni
326 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
32.3 KB
Ko'rishlar soni
326 marta
Ko'chirishlar soni
23 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: docx