Korxonaning joriy aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari Joriy aktivlarni boshqarish qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatini boshqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bu joriy aktivlarning quyidagi xususiyatlari bilan bog'liq: 1. Joriy aktivlarning moddiy-buyumlashgan va moliyaviy shakldagi tarkibi xilma-xil bo'lib, bu holat ularni boshqarishga individual yondoshishni talab qiladi. 2. Joriy aktivlar aylanish tezligining yuqoriligi bilan tasniflanadi. 3. Ular korxonaning to'lovga qobilligini, rentabelligini va boshqa moliyaviy natijalarini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Aylanma (joriy) aktivlar o'ziga xos bir qator ijobiy xususiyatlarga ega: a) operatsiya faoliyatining tovar va pul oqimlarini tartibga solish jarayonida ularni tezlik bilan bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishtirish imkoniyati mavjud; b) tovar va moliyaviy bozorlar konyunkturasidagi o'zgarishlarga tezda moslasha olishi natijasida ular korxonaning operatsiya faoliyatini osonlik bilan o'zgartirish va yangilashga imkon yaratadi; v) ularning yuqori likvidlikka egaligi - zarur bo'lganda korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish uchun pul mablag'lariga aylantirish tezligi yuqoriligi bilan xarakterlanadi; g) boshqarishning yengilligi - ularni aylanishi bilan bog'liq boshqaruv qarorlari qisqa muddat oralig'ida amalga oshiriladi. Aylanma aktivlarga xos salbiy xususiyatlar quyidagilar bilan xarakterlanadi: a) aylanma aktivlarning pul mablag'lari va debitorlik qarzlari ko'rinishida bo'lgan qismlari inflatsiya ta'sirida tezda o'zining qiymatini yo'qotish xususiyatiga ega; b) vaqtinchalik bo'sh turgan aylanma aktivlar foydani shallantirish jarayonida ishtirok etmaydi (qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalarga qo'yilishi mumkin bo'lgan pul mablag'laridan tashqari), ortiqcha tovar-moddiy zaxiralar esa ularni saqlash bilan bog'liq qo'shimcha operatsiya xarajatlarni amalga oshirishni talab etadi; v) tovar-moddiy qimmatliklar zaxiralari tabiiy kamayish natijasida yo'qotishlarga olib keladi; g) debitorlik qarzlari ko'rinishidagi aylanma aktivlarning bir qismi tijorat sheriklarining sofdil emasligi oqibatida undirilmay qolib ketishi ham mumkin; Joriy aktivlarni maqsadga muvofiq tarzda boshqarishni ta'minlash uchun ularni turkumlarga ajratib o'rganmoq lozim (22-chizma). Joriy aktivlar shakllanishining moliyaviy manbalariga ko'ra korxonaning: a) yalpi aylanma aktivlari; b) sof aylanma aktivlari; v) o'z aylanma aktivlari bir-biridan farq qiladi. Yalpi aylanma aktivlar korxonaning o'z mablag'lari va majburiyatlari evaziga shakllantirilgan jami joriy aktivlarini ifoda etadi. Jami joriy aktivlar korxona balansi aktiv tomonining 2-qismi summasini aks ettiradi. Sof aylanma aktivlar (yoki sof ishchi kapital) joriy aktivlarning korxonani o'z mablag'lari manbai va uzoq muddatli majburiyatlar hisobiga shakllantirilgan qismini aks ettiradi. Sof aylanma aktivlar summasi quyidagi formula orqali hisoblanadi: Bu yerda: SAA - sof aylanma aktivlar; JAA - jami aylanma aktivlar; KMM - qisqa muddatli majburiyatlar. O'z aylanma aktivlari joriy aktivlarning korxonani o'z mablag'lari (xususiy kapitali) evaziga shakllantirilgan qismini ifodalaydi. Uni quyidagi formula bilan hisoblash mumkin: Bu yerda: UAA - o'z aylanma aktivlari; JAA - jami aylanma aktivlar; UMMja- joriy aktivlarga sarflangan uzoq muddatli majburiyatlar summasi; ...

Joylangan
03 Jan 2023 | 23:52:44
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.45 KB
Ko'rishlar soni
356 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
03 Jan 2023 [ 23:52 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.45 KB
Ko'rishlar soni
356 marta
Ko'chirishlar soni
50 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: doc