Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari

Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Korxonaning uzoq muddatli aktivlari tarkibi va ularni boshqarish xususiyatlari Uzoq muddatli aktivlar bo'limida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, o'rnatiladigan uskunalar, kapital qo'yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak. Uzoq muddatli aktivlar. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, moddiy aktivlari, taraqqiyot va gudvillga xarajatlari. Investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab, 12 oy davomida sotilishi mumkin bo'lmagan aktivlar. Uzoq muddatli aktivlar quyidagi ijobiy xususiyatlar bilan tasniflanadi: a) ular inflatsiya bilan bog'liq yo'qotishlardan kam zarar ko'radi va undan yaxshi himoyalangan; b) korxonaning operatsiya faoliyati jarayonida ular tijorat tavakkalchiligi bilan bog'liq yo'qotishlardan kamroq zarar ko'radi; v) bu aktivlar tovar bozorlaridagi konyunktura holatiga mos ravishda turli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlab, foydani o'stirishga sharoit tug'diradi; g) tovar-moddiy zaxiralarni saqlash orqali ularni yo'qotishlardan himoyalashga imkon yaratadi; d) tovar bozorlari konyunkturasida ijobiy o'zgarishlar yuz berganda ular operatsiya faoliyatni kengaytirish zaxiralariga ega. Shu bilan birga uzoq muddatli aktivlarga xos bo'lgan bir qator salbiy xususiyatlar ham mavjud: a) ularga xos ma'naviy eskirish ta'sirida, ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilmasdan turib o'z bozor qiymatini yo'qotishi va zamon talablariga mos kelmay qolishi mumkin; b) bu aktivlarni qisqa muddatli oraliqda operativ boshqarish samaradorligi pastdir, bozor konyunkturasidaga salbiy o'zgarishlar ta'sirida bu aktivlarni tezda o'zgartirish va yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslashtirish imkoni cheklangan; v) bu aktivlarning ko'p qismi past likvidli aktivlar sirasiga kiritiladi va zarur paytlarda korxona majburiyatlari bo'yicha to'lovlar uchun pul mablag'lariga aylantirish tezligi pastdir. Ularga quyidagilar kiradi: Asosiy vositalar - ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, har bir donasining narxi sotib olish paytida eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuqori bo'lgan, kelgusida korxona iqtisodiy naf keltiradigan aktivlar kiradi. Ishlab chiqarish jarayonida ular asta-sekin eskirib boradi. Asosiy vositalarga yer, yerni obodonlashtirish, bino va inshootlar, asbob va uskunalar, hisoblash texnikasi, ofis mebeli, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar va boshqalar kiradi. Nomoddiy aktivlar - moddiy ko'rinish va shaklga ega bo'lmagan biroq ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, hisobda boshlang'ich bahosiga ega bo'lgan va ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradigan aktivlarga aytiladi. - ixtirolardan foydalanish uchun olinadigan patent huquqi; - ayrim turdagi faoliyat turlari bilan shug'ullanish huquqini qo'lga kiritish uchun olinadigan litsenziyalar; - innovatsiya predmeti bo'lgan ishlab chiqarish jarayonlarida to'plangan tajribalarning izohlari yoritilgan va texnik hujjatlar ko'rinishida rasmiylashtirilgan, ammo patentlashtirilmagan texnikaviy, texnologik, boshqaruv, tijorat va boshqa bilimlarning yig'indisi hisoblanadigan - «nou-xau»; - yaratilgan sanoat namunalari va modellaridan foydalanishga bo'lgan huquq; - yuridik shaxsning ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.97 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.97 KB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga