Kouz teoremasi - rasmi

Material tavsifi

Kouz teoremasi Kouz teoremasining asosiy qoidalari R.Kouz tomonidan «Aloqa federal komissiyasi» (1959) va «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) maqolalarida ifodalangan, lekin Kouzning o'zi teorema atamasini ishlatmagan [47]. R.Kouz qoidasi qisqa tarzda quyidagicha ifodalanadi: mulkchilik huquqlarini taqsimlash bozor mexanizmi asosida kechadi va u ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining oshishiga olib keladi, demak, yakuniy natija huquqiy qarorga bog'liq emas. Kouz teoremasining to'liq mazmuni shunday ifodalanadi: Agar mulkchilik huquqlari aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bo'lsa, u holda, agar daromad samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining taqsimlanishidagi o'zgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi o'zgarmasdan qoladi. Boshqacha qilib aytganda, mulkchilik huquqlarining dastlabki taqsimlanishi ishlab chiqarishning tarkibiga ta'sir o'tkazmaydi. Chunki pirovardida huquqlarning har biri ushbu huquqdan eng samarali foydalanish asosida u uchun eng yuqori narxni taklif etishga qodir bo'lgan mulkdorning qo'lida bo'ladi. Teorema shartiga ko'ra, transaksiya xarajatlariga etibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo'lgan mulkchilik huquqlarini tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo'ladi. Shu nuqtai nazardan mulkni isloh qilishning birinchi bosqichida egalik qilish huquqini mehnat jamoasimi, korxona ma'muriyatimi, Davlat mulki qo'mitasimi yoki boshqa tizimmi, kim qo'lga kiritganligi muhim emas, pirovardida bu huquqni undan haqiqiy manfaatdor bo'lgan va samarali mulkdor qo'lga kiritishidir. Kouz teoremasining yana bir xususiyati shundaki, teoremani isbotlash uchun mulkiy huquqlarning almashinuvi bo'yicha aniq amaliy misollardan foydalanilgan. Masalan, oldingi bobda keltirilgan ikki fermerning ikki yaylovdagi mulkiy huquqlarining o'zgarishi bo'yicha ayrim vaziyatlar tahlilini chuqurlashtirish kerak bo'ladi. Xususan, birinchi fermer o'z yayloviga borishi uchun boshqa fermerning yaylovidan o'tishga to'g'ri kelsa, bunday vaziyat (poda o'tgan yo'lakda boshqa fermer yaylovining payxon bo'lishi yoxud mollar sonining ko'payishi)da o'zaro qo'shimcha kelishuvlarni taqozo etadi. Yana bir boshqa misol sifatida bir xonada o'tiradigan ikkita xodim (kashanda va sigaret tutuni mehnat unumdorligiga salbiy ta'sir etadigan shaxs)ning o'zaro kelishuvini tashkil etishni keltirish mumkin. Kouz teoremasini ko'rib chiqish huquqlarni mulkdorlar foydasiga eng samarali tarzda qayta taqsimlash jarayonida o'rin tutadi. Mamlakatimizda huquqlarni qayta taqsimlash jarayoni deyarli huquqlarni dastlabki tafsirlashdan so'ng darhol boshlandi. Yani, davlat korxonalari xususiylashtirilib, aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Bunda aksiyalar yo korxona ishchilari va ma'muriyatining, yoki tashqi investorning qo'liga o'tdi. Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan yirik korxonalarning aksariyatida davlat, tashqi investor nazorati amal qiladi. Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlarini dastlabki tafsirlashning avvalgi bosqichida aksariyat korxonalarga egalik qilish huquqi mehnat jamoasining qo'lidan davlat, ma'muriyat va kam hollarda tashqi sarmoyador qo'liga o'tdi. Chunki, davlat mulkini o'zgartirish yo'li bilan tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida huquqlarni taqsimlash ancha murakkab kechadi. Ushbu korxonalarda yuzaga kelgan mulkchilik munosabatlarini ta'riflash uchun borgan sayin «qayta guruhlashgan» (D.Stark) yoki «chigallashib ketgan» (B.Shavans) mulk atamalari ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.45 KB
Ko'rishlar soni 707 marta
Ko'chirishlar soni 121 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.45 KB
Ko'rishlar soni 707 marta
Ko'chirishlar soni 121 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga