Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish

Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish - rasmi

Material tavsifi

Kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish Kulolchilik tovarlari sopol va nafis keramika (yunon. loydan yasalgan) deb atalmish farfor (arab. hoqon), fayans hamda mayolikalardan tayyorlanadi. Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda eramizdan oldin 4 ming yil ilgari boshlangan. Farfordan (chinnidan) buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar eramiz boshida bilib olishgan. Mayolika so'zi Ispaniyadagi Mayorka oroli (XIV asr) va fayans so'zi Italiyadagi Faens shahri (XV asr) nomlaridan olingan. O'zbekistonda kulolchilik tovarlari , Samarqand, Quvasoy, Bog'ot chinni, Sherobod kulolchilik va Rishton badiiy-kulolchilik zavodlari hamda Angren kulolchilik kombinatida ishlab chiqariladi. Yurtimizda Angren, Olmaliq, Oqtosh va Nurobodda kaolin konlari, Sho'rsuvda kuydirganda oqaradigan gil, Chotqol va Langarda pagmatit, Zirabuloq, Ziyovuddinda dala shpati, Dehqonobod va G'uzorda dolomit konlari mavjud. Farfor, fayans va mayolikaning asosiy xomashyosi kaolin (oq gil) hisoblanadi. Uning tarkibidagi kaolinit Al2O32SiO22H2O qizdirilganda mullit 3Al2O32SiO2 va kristoballit 4SiO2 kristallariga aylanadi. Undan loy tayyorlashda qayishqoqligini oshirish uchun qizdirganda oqaradigan gil qo'shiladi. Qizdirib sovitilganda bo'lg'usi buyumning kichrayib qolish darajasini kamaytirish uchun loyga oq qum SiO2 qo'shiladi. Loyni pishirish (qizdirganda yaxlitlanish) haroratini pasaytirish uchun dala shpati K2OAl2O36SiO2 yoki tarkibi 75% dala shpati va 25% qumdan iborat pegmatit qo'shiladi. Xomashyolar aralashmasidan qorilgan loy gips qoliplariga solinib, ustidan g'ildirakcha yurgizish natijasida buyum shakllanadi. Mayolika buyumlari, farfor va fayans idishlarining bandlari va jo'mraklari hamda haykalchalar quyish usulida ishlab chiqariladi. ldishlar bandi hamda jo'mragi xomashyolarga sir tarkibidagi moddalar. dekstrin yoki karboksimetilselluloza qo'shilgan aralashma bilan yopishtiriladi. Keyin ho'l qum solib pishirilgan idishlarning bandi va jo'mragi ko'tarishga bardosh berishini tekshirish lozim. Shakllangan buyumlar quritilib, ikki marta qizdiriladi. Kulolchilik buyumlari xomashyosi bo'yicha yetti turga bo'linadi: 1. Qattiq farfor. Loyi 40% kaolin, 25% kvars qumi, 25% pegmatit va 10% gildan qorilib, shakllantirilgandan keyin va da pishirliadi. G'ovakligi 0,5% bo'lib, . gacha qalinlikdagi devori orqali yorug'lik shu'lasi ko'rinib turadi. Undan tayyorlangan 120 ta tovoqchani 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi. 2. Yumshoq (suyakli) farfor. Loyi 25% kaolin, 30% kvars qumi yoki suyak kuli, 40% pegmatit va 5% gildan qorilib shakllantirilgandan keyin va da pishirliadi. Buyum yupqa devorli bo'lib, hamma joyidan yorug'lik shu'lasi ko'rinib turadi. 3. Fayans. Loyi 2% kaolin, 40% kvars qumi, 30% gil va 10% pegmatit aralashmaisdan qorilib, shakllantirilgandan keyin va da pishirliadi. G'ovakliligi 9-12% atrofida bo'ladi. Undan tayyorlangan tovoqchalarning 100 tasini 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi. Yarim farfor. Qattiq farfordan farqi xomashyosiga gil kaolin hisobidan 5% ko'proq qo'shilishida bo'lib, undan umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatiladigan qalin devorli idishlar tayyorlanadi. Pishirilishi fayansniki kabi. Qalinligi uchun idish yuvish mashinalarida yuvishga chidamli bo'ladi. G'ovakliligi 5-8% atrofida. Mayolika ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.9 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.9 KB
Ko'rishlar soni 236 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga