Mahsulotlar sifatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar va ularni aniqlash usullari

Mahsulotlar sifatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar va ularni aniqlash usullari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mahsulotlar sifatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar va ularni aniqlash usullari - rasmi

Material tavsifi

Mahsulotlar sifatini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar va ularni aniqlash usullari Mahsulot sifati ko'rsatkichlari - uni ishlab chiqarish va iste'mol qilish bilan bog'liq ma'lum sifat ko'rsatkichlari parametrlarining miqdoriy o'lchamini ifodalaydi. Qishloq xo'jaligida bunday ko'rsatkichlarga oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha ularning foydalilik darajasi, texnologik parametrlari, standartlashtirish xususiyatlari, ishonchliligi, ekologik tozaligi, to'yimliligi kabi ko'rsatkichlar kirsa, paxta xomashyosida uning navlari, turi, tola va chigit chiqish nisbati, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi ko'rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin. Ko'pchilik sifat ko'rsatkichlari mahsulot xususiyatlarining parametrlaridan tashkil topadi. Sifat ko'rsatkichlari muayyan mahsulotning iste'mol xususiyatlariga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin. Qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, mahsulot sifatini baholashga imkon beruvchi ko'rsatkichlarni belgilari bo'yicha turkumlash mumkin: Ifodalanish miqdori bo'yicha: yakka ko'rsatkichlar; kompleks ko'rsatkichlar. Xususiyatlari bo'yicha: iste'molga yaroqlilik darajasini ifodalovchi; ishonchliligini baholovchi; foydaliligini baholovchi; tejamliligini ifodalovchi; to'yimliligini baholovchi; mustahkamligini baholovchi; texnologik parametrlarini baholovchi; ekologik xavfsizligini baholovchi va boshqalar. Ifodalash usuli jihatidan: natural ko'rsatkichlar (%, sm, kg va boshqalarda); qiymat ko'rsatkichlari. Ko'rsatkichlarni aniqlash bosqichlari jihatidan: prognoz ko'rsatkichlari; loyihaviy ko'rsatkichlar; ishlab chiqarish ko'rsatkichlari; iste'mol ko'rsatkichlari. Yakka ko'rsatkichlar mahsulot sifatining alohida olingan biror-bir xususiyatini baholash uchun qo'llaniladi. Masalan, paxta xomashyosidan tola chiqish darajasi. Kompleks ko'rsatkichlar mahsulot sifatini baholashga imkon beruvchi bir qator xususiyatlarni qamrab oladi. Masalan, paxta xomashyosida uning navlari, turi, namlik va ifloslanish darajasi, tola va chigit chiqish nisbati, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi ko'rsatkichlar mahsulot sifatini kompleks baholashga imkon beradi. Mahsulotning iste'molga yaroqliligi ko'rsatkichlari laboratoriya sharoitida davlat standartlari talablari asosida baholanadi. Bunda har bir mahsulotning xususiyatlaridan kelib chiqib, tayyorlangan maxsus ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bu ko'rsatkichlar tizimi mahsulotni sertifikatlashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, sut mahsulotini tekshirishda uning yog'liligi, tarkibida xolestirin moddasi mavjudligi darajasi, tozaligi va ekologik jihatdan xavfsizligi kabi bir qator ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashda uning tarkibiga kiruvchi vita'minlar, mikroelimentlar va to'yimliligi asosiy ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqarii mahsulotning iste'molchilar uchun ishonchliligi, ya'ni laboratoriya tekshiruvidan o'tganligi va iste'mol uchun xavfsizligi ham muhim ko'rsatkichlar hisoblanadi. Ma'lumki qishloq xo'jaligi mahsulotlarining bir qismi qayta ishlash sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Bunga paxta, don, meva va sabzavotlar, sut, ipak, qorako'l va boshqa bir qator mahsulotlarni misol qilib keltirish mumkin. Iste'molchi sifatida chiqadigan qayta ishlash korxonalari nuqtai nazaridan yondoshganda «xomashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo'jaligi korxonalarining sifat ko'rsatkichlari birinchi navbatda ularning texnologik parametrlari bilan o'lchanadi». Bunda asosiy e'tibor yaratilishi lozim bo'lgan mahsulotga qo'yiladigan talablar xomashyoda mavjudligiga qaratiladi va uning texnologik jarayonlarga mos kelishi e'tiborga olinadi. Mahsulot sifatini aniqlashga imkon beruvchi ko'rsatkichlar tizimida iqtisodiy ko'rsatkichlar ham muhim o'rin tutadi. Iqtisodiy ko'rsatkichlar mahsulot sifatini uni ishlab chiqarish tannarxi, sotish bahosi, material va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.51 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.51 KB
Ko'rishlar soni 210 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga